Organik arxitektura
Organik arxitektura - 20-a. meʼmorligida Yevropada paydo boʻlgan yoʻnalish, oqim. Inshoot va binolar shakli va tuzilishi atrof muhit bilan uygʻunlashgan holda tabiiy materiallardan boʻlishi kerak, degan gʻoyani ilgari suradi (mas, qabulxona, villalar, dangʻillama uylar, shahar tashqarisidagi mehmonxonalar). Bu gʻoya ilk bor 1890 yilda amerikalik meʼmor L. Salliven tomonidan targʻib qilingan, keyinchalik shogirdi F. Rayt ijodida nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirilgan. O.a. taʼsirida AQSH, Italiya, Fransiya, Yaponiya va Skandinaviya mamlakatlarida mahalliy meʼmoriy maktablari vujudga keldi. F. Rayt vafotidan soʻng (1959), O.a. 60-yil.
lar meʼ-morligidagi turli oqilona uslublar bilan aralashib ketdi. Uning yangi shakllarini hosil qilishdagi umumiy qoidalar, baʼzi bir usullar hoz. zamon meʼmorligi dizaynida va badiiy qurilishlarda keng foydalanilmoqda. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |