Organizmning reaktivligi - organizmning tashqi muhit taʼsiriga javoban hayot faoliyatini oʻzgartirib reaksiya koʻrsatishi. Yuksak hayvonlarda ravshanroq, nerv sistemasi oddiy tuzilgan organizmlarda kamroq bilinadi. Organizmning reaktivligi organizm genotipidan kelib chiqadi va turga xos belgi hisoblanadi. I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati va uning tiplariga baho berishda "reaktivlik" terminini tatbiq etgan. Klinik tibbiyotda bemorning ahvoliga umumiy baho berishda Organizmning reaktivligi termini ishlatiladi. Ichki va yuqumli kasalliklar klinikasida, mas, pnevmoniya, sil, dizenteriya va boshqa kasalliklarning reaktiv (giperergik) va kam reaktiv (allergik, gipoergik) shakllari tafovut qilinadi. Tez, ogʻir oʻtadigan kasalliklarni reaktiv shakllarga, sust, bilinar-bilinmas oʻtadigan kasalliklarni esa kam reaktiv shakllarga kiritilgan.

Xirurgiyada jarohatning turlicha bitishi, sepsis, peritonit va boshqa kasalliklarning har xil oʻtishi Organizmning reaktivligining oʻzgarishiga bogʻliq. Jarohatning tez bitishi, bir talay qizil granulyasiya paydo boʻlishi, mukammal epiteliy rivojlanishi Organizmning reaktivligining yuksak darajada ekanligini koʻrsatadi.

Organizmning reaktivligining biologik (turga xos), guruhli va individual turlari bor. Hayvonlarning muayyan turiga xos fiziologik va patologik reaktivlikning eng harakterli xususiyatlari biologik reaktivlikka kiritiladi. Guruhli reaktivlik biologik reaktivlik asosida shakllanadi. Individual reaktivlik individ (shaxs)ning konstitutsiyasi, jinsi, yoshi, yashash sharoitiga bogʻliq. Bola oʻsgan sayin Organizmning reaktivligi takomillashib boradi.

Gʻoyat zararli omillar taʼsir etganda patologik reaktivlik roʻy beradi. Mas, homiladorlik toksikozlarining baʼzi shakllarida Organizmning reaktivligi allergik tipda oʻzgaradi. Patologik reaktivlik koʻpgina kasalliklar (revmatizm, gipertoniya kasalligi, bronxiol astma va boshqalar) patogenezida muhim rol oʻynaydi.[1]Реактивлик шакллари. Реактивлик куйидаги шаклларда намоён булиши мумкин:

Кутарилган – гиперергия

Пасайган – гипергия

Ва гайри табиий холат – дизергия

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil