Organoterapiya
Organoterapiya (organ va terapiya) — bemorlarni hayvonlarning sekretsiya bezlaridan, shuningdek, boshqa aʼzo va toʻqimalaridan tayyorlangan preparatlar bilan davolash. Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan organopreparatlar gʻoyat samarali, chunki ularda organizmning eng muhim funksiyalariga juda kuchli taʼsir etadigan gormonlar bor. Bunday organopreparatlarga gipofiz preparatlari (pituitrin, prolaktin, adrenokortikotrop gormon va boshqalar), kalqonsimon bez preparati (tireoidin), qalqonsimon bez yonidagi bezchalar preparati (paratireoidin), meʼda osti bezi preparatlari (insulin, lipoka-in va boshqalar), buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining gormonlari (kortizon va boshqalar), ayol jinsiy gormonlari (follikulin, sinestrol va boshqalar), erkak jinsiy gormonlari (metiltestoteron va boshqalar) kiradi (qarang Gormonam preparatlar). Orga-nopreparatlarning aksarisi xazm shi-ralari taʼsirida yemiriladi, shuning uchun ular organizmga parenteral yoʻl bilan (teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga) yuboriladi. Organopreparatlarni vrach buyuradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |