Orif garmon Toshmatov (1891.4.3 —Andijon—1944.3.5) — aktyor, sozanda (garmonchi). Oʻzbekiston xalq artis-ti (1941). Dutor chalishni otasi Toshmat hofizdan, garmon chalishni ama-kisi Hoji Garmondan oʻrgangan. 1905-yildan sayyor truppalarda qiziqchilik va sozandalik qilgan. 1918-yil Andijonda T. Jalilov boshchiligidagi "Sanoiy nafisa" toʻgaragiga aʼzo boʻlgan. Turkiston Oʻlka Sayyor siyosiy truppasi (1918-19), Andijon teatri (1920— 25), Asaka kolxoz—sovxoz teatri (1926—33)da aktyor, Andijonda musika ansambli rahbari (1933—44), O. G. oʻzbek professional teatriga xalq teatrining sah-na va musika anʼanalarini singdirilishiga hissa qoʻshgan. U garmonda "Abdurahmonbegi", "Munojot", "Orom", "Andijon polkasi", "Tanavor", "Dilxiroj" va boshqa oʻzbek kuylarini, "Nasrulloyi", "Bayet", "Buzruk", "Navo" singari maqom yoʻllarini na-fislik bilan ijro etgan. U bir kancha kuylar muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil