Oritiyasimon lola (lotincha: Tulipa orithyioides) — loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub, bir urugʻpallali, koʻp yillik, piyozchali oʻsimlik. Birinchi marta 1935—yilda rus botanigi Aleksey Ivanovich Vvedenskiy tomonidan tasvirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga yoʻqolish arafasida turgan, endemik oʻsimlik sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati To‘polondaryo havzasida tarqalgan[1].

Oritiyasimon lola
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Lola
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Tulipa orithyioides
(Aleksey Ivanovich Vvedenskiy)

Tavsifi

tahrir

Balandligi 7—12 sm ga yetadigan koʻp yillik, piyozchali oʻsimlik. Yetarlicha yorugʻlik boʻlganda yaxshi oʻsadi. Piyozchasi maxsus vegetativ koʻpayish organi, tuxumsimon shaklda diametri 1,5 sm, tashqi qobigʻi qogʻozsimon, rangi kulrang-qoʻngʻir, ichki tomoni toʻrsimon, momiq tuk bilan qoplangan. Barglari 2 dona, butun, bir-biriga yaqin joylashgan, shakli egri-bugri. Gullari ikki jinsli, yakka joylashgan, gultojibarglari oq rangda, tubida sariq dogʻi bor. Changchi iplari sariq, ostki qismi uzun kipriksimon tuk bilan qoplangan. Changdonlari och binafsha rangda. May iyun oylarida gullab mevasi iyul-avgustda yetiladi. Gullaganda xushboʻy hid chiqaradi. Mevasi — jigarrang yoki yashil rangdagi, uch boʻlakli koʻsak meva. Urug‘idan va piyozchasidan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda yakka—yakka holatda tarqalgan. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasi, To‘polondaryo havzalardi uchraydi. Dengiz sathidan 2500-3000 m balandlikdagi tosh—shagʻalli tuproqlarda oʻsadi. Gullarining uzib olinishi va chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida soni kamayib ketgan. 1980—yilda lola tuplarini topish uchun uyushtirilgan tadqiqot ishlari ijobiy natija bermagan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bogʻida 1975—yildan buyon ekib oʻstirilmoqda. Tabiatda yovvoyi holatda saqlanib qolgan turlari nazorat ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Тюльпан оритиевидный — Tulipa orithyioides — Описание таксона — Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.