Ornon tog‘i
Ornon (grekcha: Ὄρνον) – Gretsiya respublikasining sharqiy Kritidagi togʻ tizmasi hisoblanadi. Ornon togʻi Ierapetradagi Kavousidan boshlanib, sharqdagi Praesosgacha davom etadi. Ornon togʻi Sitia togʻlarining bir qismi hisoblanadi. Oʻrnon togʻi Thrypti shimoli-sharqida va Sitianing gʻarbida shimoliy qirgʻoq bilan chegaradosh boʻlib Gʻarbiy Siteiya etaklaridan janubda joylashgan[1].
Ornon | |
---|---|
Ornon tog'larining janubdan ko‘rinishi. Oldinda Stavrochori qishlog'i joylashgan. | |
Joylashuvi | Gretsiya Respublikasi |
Koordinatalar | 35°07′10″N 25°55′28″E / 35.119503°N 25.924456°E |
Geografiya
tahrirOrnon togʻlari butunlay Lasithi mintaqaviy birligidagi Ierapetra munitsipalitetiga tegishli. Gʻorlar va chuqur yoriqlar koʻp. Tabiati subtropik. Katta masshtabdagi yashil hududlarga ega.
Izoh
tahrirHar qanday sabablarga koʻra, Internetda balandlik va mashhurlik maʼlumotlari, shuningdek, choʻqqilarning aniq koordinatalari oʻzgarib turadi. Baʼzi manbalarda Ornon eng baland choʻqqi sifatida qayd etilgan boʻlsa, boshqa manbalarda esa Spathi eng baland choʻqqi sifatida koʻrsatilgan.