Oromo tili — kushit tillarining biri. Efiopiyaning markaziy va sharqiy hududlarida hamda Shimoliy Keniyada tarqalgan, 8 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Laqjalari shim. (tulama, borana va boshqalar) va jan. (bararetta, uata va boshqalar) guruhlarga boʻlinadi. Efiop alifbosi asosida yozuvi 1977-yilda joriy etilgan. Oromo tilida davriy matbuot chop etiladi, boshlangʻich maktablarda oʻqish-oʻqitish ishlari amalga oshiriladi, radioeshittirishlar olib boriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil