Orqatogʻ
Orqatogʻ —Kunlunning markaziy qismidagi togʻ tizmasi, Xitoy hududida. Uz. 650 km. Eng baland joyi 7723 m (Ulugʻmuztogʻ choʻqqisi, Kunlundagi eng baland choʻqqi). Asosan, granit, gneys va qumtoshlardan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari qiya, hamma qis-mida qurum toshlar uchraydi. Toshloq choʻllar, koʻlli botiqlar va vodiylar bor. Togʻ tepalari adabiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Shim. yon bagʻrida oltin konlari topilgan. Tizmani 1884 yilda rus sayyohi N. M. Prjevalskiy tadqiq etgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |