Ortikon
Ortikon (yun. orthos — toʻgʻri va ekion — tasvir) — yorugʻlik signallarini elektr impulslariga aylantirib be-radigan uzatuvchi televizion trubka. Amerika muhandislari A. Roz va X. Yams taklif qilishgan (1939). Uzatilayotgan tasvir O. nishoniga, yaʼni — obyekt tomondan yarim shaffof elektr oʻtkazuvchi qatlam (signal plastinka) bilan, elektron projektor tomondan mayda donachali fotoaktiv qatlam (mozaik fotokatod) bilan qoplangan yupqa shisha plastinkaga proyeksiyalanadi. Hosil boʻlgan yorugʻlik signali plastinka zanjirida videosignalga aylanadi. O. yori-tilganlik yetarli boʻlmagan sharoitda tasvirlarni televideniye orqali uza-tishda ishlatiladi. Ancha takomillashgan O. superortikon deb ataladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |