Ortiq Dodxoh — (1891—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].

Ortiq Dodxoh
Ortiq Dodxoh
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1891-yil
Sharqiy Buxoro
Vafoti 1932-yil
Toshkent

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

Ortiq Dodxoh 1891-yili Sharqiy Buxoroda tavallud topgan. Oʻzbek millatiga mansub boʻlgan. Uning oilasi asosan Tojikiston SSR Qizilmozor tumani Sassiqbuloq qishlogʻida istiqomat qilgan. Ortiq Dodxohning ijtimoiy kelib chiqishi Baljuvon laqaylaridan boʻlib, u tortugul urugʻiga mansub boʻlgan. Oilasi boy chorvadorlardan boʻlgan. 1920-yilgacha Ortiq Dodxohning 50 ta biyasi, 10 ta oti, 25 ta sigiri, 15 ta hoʻkizi, 5 ta eshagi, 8 ta tuyasi, 2500 ta qoʻyi va 15 nafar xizmatkori boʻlgan. 1931-yil 4-avgustda Ortiq Dodxohning soʻrogʻida maʼlum boʻlishicha, u dastlabki harakatini 1920-yildan boshlagan. Davlatmandbiy qoʻrboshining guruhida qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlagan. U Togʻay Soridan dodxoh unvonini oladi. Uning bu davrda 30 nafar safdoshi boʻlgan. Ortiq Dodxoh 1925-yilgacha oʻz hududida istilochilik harakatiga boshchilik qilgan. Keyinchalik Afgʻoniston tomonga oʻtib ketgan. 1931-yilgacha bir necha marta Afgʻoniston hududidan Tojikistonning Saroykamar tumani Qurbon Shahid qishlogʻida oʻtib turgan. Tojikiston hududida 1931-yilda 300 nafar safdoshi bilan bir necha marotaba qizil armiyaga qarshi kurashgan. 1931-yilda Ibrohimbek tashabbusi bilan Jaribqul hududida Ortiq Dodxoh Qizilmozorga yashovchi turtugul urugʻining begi qilib tayinlagan. Choltogʻdagi qurultoydan keyin Ortiq Dodxoh Baljuvonga yuborilgan. Ortiq Dodxoh Ashirov 1931-yil yozida chekistlar qoʻliga tushadi va 1932-yil 13-apreldagi sovet hokimiyati qaroriga koʻra 1932-yil 10-avgustda Toshkentda 41 yoshida otib tashlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.