Orxit
Orxit (yunoncha: orchis — moyak. itis — yalligʻlanish) — moyakning yalligʻlanishi. Koʻpincha yuqumli kasalliklar (gripp, tepki, sil va boshqalar) asorati sifatida yoki yorgʻoqqa shikayet yetishi oqibatida (qarang Jinsiy aʼzolar) paydo boʻladi. Kasallik birdan boshlanadi: gavda temperaturasi koʻtariladi, moyak qattiq ogʻriydi, kattalashib, tarang tortadi va bezillab turadi. Kasallik belgilari paydo boʻlishi bilan vrachga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish zarur, aks holda yalligʻlanish jarayoni avj olib moyak funksiyasiga jiddiy putur yetishi mumkin. Bemor oʻrinda yotishi va suspenzoriy taqishi lozim. Yalligʻlanish jarayoni tarqalib, temperatura normallashgandan keyin ham suspenzoriy taqish yoki siqib turadigan trusik (plavki) kiyib yurish kerak vaqtincha jinsiy aloqadan oʻzni tiyish tavsiya etiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |