Osiyo moki loyxoʻragi (lotincha: Limnodromus semipalmatus) — loyxoʻraklar oilasining kam uchraydigan qush turi.

Osiyo moki loyxoʻragi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Scolopacidae
Urugʻ: Limnodromus
Turlari: Osiyo moki loyxoʻragi
Xalqaro ilmiy nomi
Limnodromus semipalmatus (Blyth, 1848)

Tavsif tahrir

Bu botqoq qushi oʻrtacha kattalikda boʻlib, uzunligi 30-36 sm, vazni 170-300 g, qanot uzunligi 17,4-18,8 sm, qanotini yoyganda 55-60 sm.tashkil etadi[1]. Urgʻochilar erkaklarga nisbatan bir oz yirikroq[2]. Voyaga yetgan loyxoʻraklarning juftlashgandan keyin ularning koʻkrak va qorni sargʻish-malla, boshning yuqori qismi va peshonasi qora rangda. Orqa va old dumning orqa qismi rang-barang tusda boʻladi. Momiq patlari toʻq qoʻngʻir, parvoz patlari oq va qoʻngʻir-qora yoʻlli chiziqlarda ifodalangan. Oyoqlari va tumshugʻi uzun, tekis toʻq rangda. Urgʻochilari qoʻngʻir tusda boʻlgani bilan rangpar, ammo baribir yorqin malla tusda[1].

 
Qishki kiyimda. Tailand, fevral.

Qishki patlarining ustki qismi toʻq qoʻngʻir boʻlmb, qirralari keng oqish tusda. Qushlar olisdan zangori koʻrinadi. Pastki tomoni oq, boʻyin va koʻkrakning yon tomonlari toʻq jigarrang ingichka qiya chiziqlar bilan ifodalangan[1].

Tarqalishi tahrir

Janubiy Orolboʻyi, Sirdaryoning oʻrta oqimi (Chinoz shahri atrofi, Tuzkon va Dalvarzin koʻllari), Dengizkoʻl (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Janubiy Sibir (uyalash), Janubi-sharqiy Osiyo (qishlash).

Yashash joyi tahrir

Sohilboʻyi hududlaridagi tekislikdagi suv havzalarining botqoqlashgan qirgʻoqlari va sayozliklarida yashaydi.

Soni tahrir

Doimo kam boʻlgan. Yakka holda va guruh (2-6) boʻlib uchib oʻtadi. Soʻnggi yillarda yakka-yakka va kichik galalari Sudochye koʻlida, Tuzkon va Dengizkoʻl qirgʻoq boʻylarida kuzatilgan. Dunyodagi populyasiyasi 23 mingtani tashkil qiladi. Trendi noma’lum, global iqlim isishi va yashash joylarining oʻzgarishiga bogʻliq ravishda qisqarib borayotgani taxmin qilinadi.

Hayot tarzi tahrir

Bahorgi uchib oʻtishi – aprel-may oyida, kuzgisi – iyul-sentabr oyida. Mayda baliq va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi[3].

Muhofaza etish tahrir

Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan. Uyalash joylarining oʻzgaruvchanligi tufayli himoya qilish qiyinchilik tugʻdiradi[1].

Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxatiga NT (yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan) sifatida kiritilgan[4]. Ularning soni 23 000 tani tashkil etadi[4]. Ushbu turga tahdidlar orasida qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun botqoqlarni quritish yoki global isish natijasida uya qilish joylarini yoʻqotish kiradi. Bu qushlarning migrasiya yoʻllari boʻylab suv-botqoq yerlarning yoʻqolishi va degradasiyasi alohida tashvish uygʻotadi[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Рябицев, В. К.. Птицы Урала, Приуралья и Западной Сибири: Справочник-определитель. Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2001. ISBN 5-7525-0825-8. 
  2. Limnodromus semipalmatus — Asian Dowitcher. Australian Goverment: Departament of the Environment.“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  3. ОСИЁ МОКИ ЛОЙХЎРАГИ (Wayback Machine saytida 2022-08-18 sanasida arxivlangan) Redbook.uz
  4. 4,0 4,1 Limnodromus semipalmatus. IUCN Red List of Threatened Species.“. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  5. Mark Barter. Shorebirds of the Yellow Sea. Canberra: Wetlands International, 2002, s. 37. ISBN 90-5882-009-2.