Chinoz — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shahar, tuman markazi. 1958 yil 8 mayda asos solingan. Transport yoʻlining stansiyasi, avtomobil yoʻllar chorrahasi. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Toshkent shahridan 50 km jan.da. Aholisi 35 ming kishi (2004). Shaharnint shim. sharqiy qismida qad. Chinoz xarobalari saqlanib qolgan. Bu yerda dastlabki manzilgoh mil. boshlarida vujudga kelgan. 1ming yillik oʻrtalariga kelib manzilgoh mudofaa devorlari bilan oʻralgan va markaziy qismida arki (balandligi 8 m) boʻlgan shaharga aylangan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar bilan aloqalari va Sharq mamlakatlariga boriladigan mashhur savdo yoʻlida joylashganligi Chinozning tez surʼatlar bilan oʻsishiga sabab boʻlgan. Shahar 13-asr boshlarida moʻgʻullar istilosidan keyin xarobaga aylangan. Bu yerda oʻtkazilgan arxeologik qazish paytida koʻplab xoʻjalik buyumlari, bezaklar va tangalar topilgan.

Chinoz
shahar
40°56′15″N 68°45′28″E / 40.93750°N 68.75778°E / 40.93750; 68.75778Koordinatalari: 40°56′15″N 68°45′28″E / 40.93750°N 68.75778°E / 40.93750; 68.75778
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Chinoz tumani
Aholisi
35 250
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Chinoz на карте
Chinoz
Chinoz

Chinoz yonida shagʻalqum karyeri mavjud. Shaharda 2 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, kalava ip, gazlama ishlab chiqariladigan Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya "Toʻqimachi LTD" qoʻshma korxonasi), kichik korxonalar, paxta tozalash, non zavodlari, qurilish konstruksiyalari kti, noruda materiallar ishlab chiqarish, urugʻlik tayyorlash korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, dehqon bozori mavjud. 10 dan ziyod umumiy taʼlim, musiqa maktablari, 2 ta oʻrta maxsus bilim yurti, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 ta kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor.

Chinozdan Toshkent—Nukus, Toshkent— Urganch avtomobil trassasi va temir yoʻl oʻtgan. Shahardan Toshkentga avtobuslar qatnaydi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Chinoz" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil