Osiyocha ishlab chiqarish usuli

Osiyocha ishlab chiqarish usuli — qad. jamiyat rivojlanishining alohida bosqichi tasnifi. Bu tushuncha dastlab 1859-yilda K. Marks tomonidan kiritilgan boʻlsada, oʻtgan asrning 20—30- va 60—80-yillarida ijtimoiy fanda keskin tortishuvlarga sabab boʻldi, lekin oʻzining uzil-kesil yechimini topmadi.

Ikki ming yil oldin paydo boʻlgan ishlab chiqarishning bu usuli Meksika, Peru, Shumer, Qad. Xitoyda, hatto Rossiyada mavjud boʻlgan degan fikrlar ham bor. Osiyocha iqtisodiyotning miloddan avvalgi 8—4 a.larda qad. Spartada, 3—1 a.larda Misrda, 6—14 a.da Vizantiya imperi-yasida va, nihoyat, 1917—1991-yillarda sobiq Sovet Ittifoqida amal qilgani maʼlum.

Osiyocha ishlab chiqarish usulich.u.ning mohiyati ayrim mintaqalarda kishilar faoliyatining moddiy shart-sharoitlari va xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni 3 yoʻnalishga ajratish mumkin: katta miqyoslarda ishlab chiqarishning muvofiklashtirilishini talab qiladigan ijtimoiy mehnat taqsimoti va mehnatini koo-peratsiyalashning alohida turi mavjudligi; resurslarning (tabiiy, moddiy)cheklanganligi; mehnat resurslarining keragidan ortiq darajasi. Osiyocha ishlab chiqarish usulich.u.ning asosiy xususiyati yerga davlat mulkchiligining amal qilishidir. Davlatning alohida xoʻjalik roli xuddi ana shundan kelib chiqadi. Yerga davlat mulkchiligi qishloq jamoalari tizimi bilan qoʻshilib ketib, bu ishlab chiqarish usuli faoliyatiga keng yoʻl ochib beradi. Bunday sharoitda hokimiyatga alohida dehqon yoki hunarmand emas, jamoaning demokratik tashkiloti roʻbaroʻ turadiki, ular oʻz navbatida davlat oldida jamoa aʼzolari manfaatlarini himoya qiladi. Bu tipdagi iqtisodiyot hokimiyat va mulkning yagonaligiga va markazlashgan xoʻjalik yuritishga asoslanadi. Shuning uchun uni "hokimiyat — mulk" tizimi deb ham atashadi. Davlat tizimi ustiga qurilgan ishlab chiqarish usuli biqiklikka, yaʼni boshqa tizimlardan aloxdda yashashga moyil boʻladi.

Bu ishlab chiqarish usulida jamoaning oʻrni alohida. Osiyo tipidagi jamoa oʻzining mustahkamligi va monolitligi bilan ajralib turadi.

Osiyocha ishlab chiqarish usulich.u. xoʻjalikni markazlashgan tartibda yuritishni taqozo etadi. Chunki oddiy mehnat kooperatsiyasini katta hududlarda keng miqyosda tashkil etish (kanallar qazish, toʻgʻonlar qurish, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish) zarur edi. Bunday sharoitda alohida fuqarolarning manfaati, kichik guruhlar (oila, jamoa, mehnat jamoasi) manfaatiga, ularniki katta guruh (tabaqalar, kastalar) manfaaatlariga, keyingilarniki esa davlat manfaatlariga toʻla boʻysundiriladi. Natijada davlat fuqarolarning barcha hattiharakatlari va, hatto, fikrlash tarzi ustidan ham toʻliq nazorat oʻrnatadi.

Osiyocha ishlab chiqarish usulich.u. qisqa muddatlarda mas, 15— 20 yillar ichida salmokli, aytaylik, yiliga 20% gacha iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga qodir. Uzoq muddatlarda, mas, 50 yil mobaynida esa bu tizim erishilgan darajani saqlab qolishga harakat qilishi bilan ham turgʻunlikni va degradatsiyani keltirib chiqaradi.

Osiyocha ishlab chiqarish usulich.u. turli shakllarda amal qilib keldi. U uchun tarixiy jarayonning evo-lyusion yoʻli harakterlidir. Bu tendensiya anʼanalarning kuchliligi bilan mu-stahkamlangan boʻlib, xalqning diniy-axloqiy hayotiga asoslanadi. Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi bilan Osiyocha ishlab chiqarish usulich.oʻ. oʻrtasida oʻzaro bogʻliklik boʻlib, uning muhim belgisi davlatning xoʻjalik me-xanizmini boshqarishida namoyon boʻldi. Sobik, SSSR da ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan, yer, yer osti boyliklari, suv resurelari, barcha asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90% ga yaqini davlatga tegishli boʻlib, ular partokratiya, sovet nomenklaturam!, sotsoligarxiya deb nomlangan bir guruh shaxslar tomonidan boshqarilar edi. Bundam boshqarish Oʻzbekistonda bir qancha salbiy oqibatlarga olib keldi. Eng avvalo iktisodiy hayot taraqqiyotning ekstensiv omillari hisobiga shakllandi va rivojlandi. Bunda asosiy eʼtibor texnika progres-siga emas, tabiiy ishlab chiqarish kuchlariga, jumladan, tabiat resurslaridan ayovsiz foydalanishga qaratildi. 70 yil mobaynida mamlakatda yarim natural, yarim biqiq, xom ashyo tarmoklariga asoslangan xoʻjalik turi vujudga keldi.

Nurislom Toʻxliyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil