Ostend
Ostend— Belgiyaning Flemish viloyotidagi West Flanders provinciyasida joylashgan qirgʻoq boʻyidagi shahar va munitsipalitet. U Mariakerke, Raversijde, Stene va Zandvoorde tumanlarini va Belgiya qirgʻogʻida joylashgan eng katta Ostend shahrini oʻz ichiga oladi.
Ostend Oostende | |
---|---|
viloyat | |
51°13′33″N 02°55′10″E / 51.22583°N 2.91944°E | |
Mamlakat | Belgiya |
Maydon | 40.95 km2 (15.81 kv mi) |
Aholisi | 71,557 kishi 2 022-yil |
Pochta indeks(lar)i | 8400 |
|
Tarixi
tahrirErta oʻrta asrlarda Ostend shahri Shimoliy dengiz va sohil koʻli oʻrtasidagi Testerep deb ataladigan orolning sharqiy chekkasida (oost-einde) qurilgan kichik qishloq boʻlgan. Qishloqning kichikligiga qaramasdan, taxminan 1265-yilda unga „shahar“ maqomi berilgan va aholiga bozor qurishga ruxsat berilgan.
Aholining asosiy daromad manbayi baliqchilik hisoblangan. Shimoliy dengiz qirgʻogʻi doimo beqaror boʻlib kelgan. 1395-yilda aholi har doim xavf tugʻdiradigan dengizdan uzoqroqda, katta dambalar orqasida yangi Ostend shahrini qurishga qaror qilishgan.
15-18 asrlar
tahrirShimoliy dengiz sohilidagi strategik joylashuv Ostend uchun bandargoh sifatida katta afzalliklarga ega boʻlishi bilan bir qatorda muammolarga ham sababchi boʻlgan. Shahar tez-tez bosib olingan, talon-taroj qilingan va bosqinchi qoʻshinlar tomonidan vayron qilingan. Gollandiyalik isyonchilar boʻlgan Gueuzen, shaharni nazorat qilishgan.
Transport
tahrirOstenddan 5 km uzoqlikda joylashgan Ostend–Bruges xalqaro aeroporti asosan yuk tashish aeroporti hisoblanadi, lekin Janubiy Yevropa va Turkiyadagi dam olish joylariga yoʻlovchi reyslari mavjud. TUI fly Belgiya havo yoʻllari bosh qarorgohi Ostend shahrida joylashgan[1].
Iqlimi
tahrirOstend shahri shimoliy dengiz shamollarining taʼsirida moʻtadil dengiz iqlimiga ega boʻlib, yoz fasli Yevropaning ichki qismiga qaraganda salqinroq boʻladi. Oʻrtacha 24 soatta harorat muzlash haroratidan tushishi kamdan-kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. Köppen Climate Classification tizimiga koʻra, Ostend shahri dengiz gʻarbiy sohil iqlimga ega[2].
Manbalar
tahrir- ↑ "TUIfly Academy Brussels (Wayback Machine saytida 17 February 2012 sanasida arxivlangan)." Jetairfly. Retrieved 23 October 2009.
- ↑ „Climate Summary for Ostend, Belgium“. Weatherbase.com. Qaraldi: 2014-yil 13-fevral.