Otabek Sattoriy — oʻzbekistonlik mustaqil bloger va jurnalist[1]. 2021-yil 29-yanvarda tovlamachilik va tuhmatda ayblanib hibsga olingan va olti yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan[2]. Biroq, bu ayblovlar Sattoriyning 2020-yilgi gaz taqchilligi davridagi hukumat korrupsiyasini yoritishi ortidan yuzaga kelgan boʻlishi mumkin[3].

Tarixi

tahrir

2016-yilda Islom Karimov vafotidan soʻng Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar biroz yumshatilgan[4]. Natijada, koʻplab mustaqil bloggerlar va jurnalistlar turli ijtimoiy media platformalarida, masalan, Telegramda oʻz maqolalarini yozishni boshladilar[4].

Sattoriy „Xalq fikri“ deb nomlangan blog yuritgan[1]. Ushbu blogda ko‘pincha mahalliy amaldorlar qilganligi iddao qilingan korrupsion holatlarni yoritib turardi[5].

Hibsga olish va sud

tahrir

2020-yil dekabr oyida Sattoriy bozordagi qimmat narxlar haqida suratga olish chogʻida „suratga olishga xalaqit bermoqchi boʻlib, telefonni zoʻrlik bilan tortib olib, soʻng yaroqsiz holatda qaytarib bergan“ shaxsga duch keladi[5]. „U shaxs Sattoriyga yangi telefon berayotganida, militsiya bloggerni hibsga oldi. Blogger telefonni olish uchun tovlamachilikda ayblandi“[5]. Bloggerning advokati ayblovlarni „soxta“ deb taʼrifladi[6].

2021-yil 15-iyul kuni apellyatsiya sudi Sattoriyga nisbatan hukm chiqardi va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi[7].

2022-yil 5-aprelda Oliy sud ham hukm va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi[7].

Xalqaro javob

tahrir

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi „Oʻzbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod etishi, uning murojaatiga eʼtiroz bildirmasligi, barcha jurnalistlarga repressiyadan qoʻrqmasdan, erkin ishlashiga imkon berishi kerak“, deb yozgan edi[5].

AQShda joylashgan "Freedom Now" nodavlat tashkiloti BMTning asossiz hibsga olish boʻyicha ishchi guruhiga ushbu ish yuzasidan petisiya topshirdi[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Journalism Watchdog Calls On Uzbek Authorities To Release Jailed Anti-Corruption Blogger https://www.rferl.org/a/cpj-uzbekistan-blogger-journalism-corruption-/31093150.html Radio Free Europe/Radio Liberty Radio Free Europe/Radio Liberty 09 February 2021. Retrieved 13 September 2022
  2. Putz. „Uzbek Blogger Otabek Sattoriy Sentenced to 6.5 Years“. The Diplomat (11-may 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  3. „Uzbekistan: Opposition Activists Face Pressure Ahead Of Presidential Elections, Bloggers Targeted – Analysis“. Eurasia Review. Eurasia Review (1-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 Harrison, Fred. „COMMENT: Media freedom hits a rough patch in Uzbekistan despite presidential support“. Newsbase. BNE intellinews (23-mart 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Uzbek blogger Otabek Sattoriy detained, charged with extortion“. Committee to Protect Journalists (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.„Uzbek blogger Otabek Sattoriy detained, charged with extortion“. Committee to Protect Journalists. 8 February 2021. Retrieved 13 September 2022.
  6. „В Сурхандарье задержан блогер. Адвокат считает дело сфабрикованным“ (ruscha). Gazeta.uz (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 Rittmann. „Blogger Jailed for 6.5 Years on Dubious Charges in Uzbekistan“. Human Rights Watch (11-may 2021-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.Rittmann, Mihra (11 May 2021). „Blogger Jailed for 6.5 Years on Dubious Charges in Uzbekistan“. Human Rights Watch. Retrieved 13 September 2022.
  8. „PETITION TO: UNITED NATIONS WORKING GROUP ON ARBITRARY DETENTION: In the Matter of Otabek Sattoriy Citizen of Uzbekistan v. Government of the Republic of Uzbekistan“. Freedom Now. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.