Otabek Xolmatov

O`zbek boksyori

Otabek Xolmatov (oʻzbekcha: Xolmatov Otabek Shuxrat oʻgʻli 1998-yil 22-iyul, Sirdaryo viloyati) – oʻzbekistonlik bokschi, yengil vazn toifasida ringga tushadi. U havaskor sifatida yengil vazn toifasida 2016-yilgi AIBA yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan[1][2].

Otabek Kholmatov
Statistikasi
Laqabi Warrior
Vazni 54-57kg
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 22-iyul 1998-yil (1998-07-22) (25 yosh)
Sirdaryo, O'zbekiston

Havaskorlik faoliyati tahrir

2015-yil sentabr oyida birinchi yengil vazn toifasida (49 kggacha) yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

2016-yilgi AIBA boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati tahrir

2016-yil noyabr oyida Otabek Xolmatov eng yengil vazn toifasida (52 kagacha) yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

1/32 final: Fatxidin Hamroyev (Qirgʻiziston) 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.

1/8 final: Istvan Szaka (Vengriya) 5:0 hisobida magʻlub boʻldi

Chorak final: Darvin Martines Kalero (Nikaragua) 5:0 hisobida magʻlub boʻldi

Yarim final: Hayato Tsutsumi (Yaponiya)[3]

2017-yilgi Oʻzbekiston chempionati tahrir

Xolmatov eng yengil vazn toifasida (56  kggacha) 1/8 finalda Ravshanbek Aminov ustidan gʻalaba qozondi. Chorak finalda u Mirazizbek Mirzaxalilovga yutqazib qoʻydi.

2018-yilgi Oʻzbekiston chempionati tahrir

Xolmatov yengil vazn toifasida (57 kggacha) ringga chiqdi. 1/32 finalda Xusrav Soatov gʻalaba qozondi. 1/16 finalda Dostonbek Oʻljaboev gʻalaba qozondi. 1/8 finalda Ravshanbek Aminov gʻalaba qozondi. Chorak finalda Abdulla Qoʻchqorov gʻalaba qozondi. Yarim finalda Mirazizbek Mirzaxalilov gʻalaba qozondi. Finalda Otabek Xolmatov Abdulxay Shorahmatovga imkoniyatni boy berdi[4].

2019-yilgi Oʻzbekiston chempionati tahrir

Xolmatov 1-oʻrta vazn toifasida (64 kggacha) ringga chiqdi. Temurmalik Adhamov 1/8 finalda gʻalaba qozondi. Boburmirzo Tolibov chorak finalda gʻalaba qozondi. Yarim finalda esa Otabek Xolmatov Mujibillo Tursunovga imkoniyatni boy berdi.

Professional faoliyati tahrir

Xolmatov 2021-yil 13-avgust kuni Marcello Williamsga qarshi professional debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokautga uchragan edi. 2023-yil mart oyida u britaniyalik Tomas Patrik Uordni texnik nokaut bilan yutgan[5].

2023-yil 30-may kuni WBA rasmiy ravishda Otabek Xlomatov va Ley Vud uchun majburiy chempionlik jangini oʻtkazishini maʼlum qildi[6].

Professional boks rekordi tahrir

N Natija Rekord Raqib Turi Sana Manzil Eslatma
11 Gʻalaba 11-0 Thomas Patrick Ward KO 4-mart 2023 Utilita Arena Newcastle, Newcastle upon Tyne, Angliya
10 Gʻalaba 10-0 Andranik Grigoryan[7][8] UD12 26-mart 2022 Caribe Royale Orlando, Orlando, Florida, ФЙҚр
9 Gʻalaba 9-0 Adrian Morel Solis TKO4 (8) 21-dekabr 2021 Hotel Catalonia Malecon Center, Santo Domingo, Dominika respublikasi
8 Gʻalaba 8-0 Juan Carlos Pena TKO2 (10) 4-dekabr 2021 Discoteca High Caribbean, Sosúa, Dominika respublikasi
7 Gʻalaba 7-0 Steven Herrera KO3 (8) 10-noyabr 2021 Hostal Camping Yolimar, Tolú, Kolumbiya
6 Gʻalaba 6-0 Pedro Ramirez KO3 (6) 4-noyabr 2021 Coliseo Luis Patron Rossano, Tolú, Kolumbiya
5 Gʻalaba 5-0 Pablo Gomez KO3 (4) 28-oktyabr 2021 Centro Recreacional Tempo, Tolú, Kolumbiya
4 Gʻalaba 4-0 Juan Gabriel Medina KO2 (10) 23-oktyabr 2021 Convention Center, Tampa, Florida, AQSh
3 Gʻalaba 3-0 Roberto Lopez KO1 (4) 10-sentyabr 2021 Coliseo Luis Patron Rossano, Tolú, Kolumbiya
2 Gʻalaba 2-0 Carlos Obando TKO3 (6) 27-avgust 2021 White sands Events Center, Plant City, Florida, AQSh
1 Gʻalaba 1-0 Marcella Williams KO1 13-avgust 2021 Osceola Heritage Park, Kissimmee, Florida, AQSh

Manbalar tahrir

  1. „Uzbekistan selected its team to the AIBA Youth World Boxing Championships“ (en-US). ASBCNEWS. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  2. finixsports. „AIBA Youth World Boxing Championships Enters Semi-Final Stage“ (en). finixsportsblog (2016-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  3. „Athlete of the Month - Hayato Tsutsumi“ (en-US). ASBCNEWS. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  4. „Otabek Kholmatov was the sensation of the semi-finals at the Uzbekistan National Boxing Championships“ (en-US). ASBCNEWS. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  5. Taylor. „Otabek Kholmatov Blasts Thomas Patrick Ward in Five, Lee McGregor Wins“ (en-us). BoxingScene.com (2023-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  6. Donovan. „Leigh Wood-Otabek Khlomatov: WBA Formally Orders Mandatory Title Fight“ (en-us). BoxingScene.com (2023-yil 30-may). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  7. „Grigoryan vs. Kholmatov: WBA Featherweight Eliminator on March 26“. BoxingScene.com (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  8. „Kholmatov defeats Grigoryan in WBA featherweight title eliminator bout“. ballysports.com (2022-yil 27-mart). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.