Otajalol Nosirov (1845, Buxoro — 1928, Samarqand) — hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa sabokdarini onasidan olgan, keyinchalik Tillaboy xrfizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini oʻrgangan. 1862-yildan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda boʻlib xizmat qilgan. 1920—27 yillar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928-yili Samarqand musiqa va xoreofafiya institutida oʻzbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan dare bergan. Shashma-qom yoʻllarini mukammal biluvchi ma-krmdon ustoz, murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot kismlarini tartibga solgan, ayrim makom shoʻʼbalarini kengaytirgan, Segoh maqomiga savtlar bastalagan (Savti Ja-loliy). Uning ijro uslubi maqom yoʻllari usulining ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta taʼsir kuchiga ega ekanligi bilan ajralib tu-radi. 1923-yil O. J. ijrosida V. Uspenskiy Buxoro Shashmakrmining ashula va cholgʻu yoʻllarini tarixda ilk bor notaga yozib olib, 1924-yilda nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz, Levina hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va boshqa O. J. shogirdlaridir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil