Otajon Abdalov
Abdalov Otajon (1856-1939) - Xorazmda yashagan ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri.
Otajon Abdalov | |
---|---|
Tavalludi |
1856 Xiva (Xorazm) |
Vafoti | 1939 |
Fuqaroligi | Xiva Xonligi |
Taʼlimi | To'rtko'l rus maktabi |
Kasbi | ilk o'zbek matbaachi va noshiri |
Unvoni | Mehnat Qahramoni |
Hayoti
tahrirEronlik matbaachi Ibrohim Sultonga shogird tushib toshbosmada kitob bosish hunarini egallagan. Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtkol shahri)da rus maktabida tahsil olgan, bir nechta chet tillarini o'rgangan. U ayniqsa adabiyotga qiziqqan va she'rlar ijod qilgan.
Faoliyati
tahrirMatbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. A.0.1876-yilda Abdunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi. A.O. bosib chiqarish uchun loyiq asarlarni oʻzi tanlab, ularni Muhammad Rahimxonga chop etishga ruxsat berish uchun tavsiya qilgan. Qoʻlyozmalarni nashrga tayyorlashda oʻziga zamondosh boʻlgan taniqii xattot va shoirlarning koʻmagidan foydalangan. 1876—1910-yillarda A. O. Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashrdan chiqardi. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (asarning "Hayrat-ul Abror" qismi; 1880), "Xazoyin-ul Maoniy", 1881, "Chor devon" (1882), Ogahiyning "Tavizul oshiqin" (1882) nomli asarlari, Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning gʻazallari (1897) va "Majmuat ush-shuaro" (1900) toʻplamlari bor.
A. O. Xorazm xalq hukumatining bir qancha xitobnomalari, tarixiy hujjatlarini, Xiva shahrida oʻzbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarishga boshchilik qilgan. 1917-yillardan so'ng Otajon Abdalov o'z shogirdlariː Ota Miskinov, Qilich Karimov, Boyjon Otajonovlar bilan birgalikda O'zbekiston SSSR da kitob va gazetalarni mukammal tarzda chop eta boshladilar. 1920 yilning mart oyida "Inqilob quyoshi" gazetasining birinchi soni chiqdi. 1923 yil 1 maydan "Inqilob quyoshi" gazetasi birinchi marta bosmaxonada chop etildi. Bunga Otajon Abdalov boshchilik qildi. XXSR hukumati Otajon Abdalovning pespublikada poligrafiya sanoatini rivojlantirish sohasidagi xizmatlarni e'tirof etib, unga Mehnat Qahramoni degan unvon berdi.[1]
Adabiyotlar
tahrir- Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, 1999.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Xiva" Gatsunayev Nikolay. Toshkent 1981-yil "O'zbekiston" nashriyoti. 173-bet..