Otashgoh, olovxona — otashparastlar sigʻingan, doimiy olov yonib turadigan maxsus bino. Har bir shahar va kattaroq qishlokda O.lar boʻlgan. Ular qavm raisi tomonidan tayinlangan ozarbon (otashbon) tomonidan qoʻriqlanib, nazorat qilib turilgan. Xalq doimiy olovdan tutantiriq olib, uylarida olov yoqqan. Qadimda hokimi-yatni qoʻlga olgan har bir podshoh oʻz nomidan maxsus O.lar qurdirgan. Doro O.i, Anushervon O.i, Afrosiyob O.i yoki Mitra, Anaxita O.i deb nomlangan O.lar shu tarzda paydo boʻlgan. Per-sepol, Isfahon, Yazd, Xuroson (Eron), Xorazm va Surxondaryoda kad. O.lar to-pilgan. Doro /zamonidan boshlab O.larni binolarning jan. tomon etagiga, aholi gavjum yashaydigan shaharlarning chetrogʻiga qurish rayem boʻlgan.

Adabiyot

tahrir
  • Asqarov A., Eng qadimiy shahar, T., 2001.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil