Bosh menuni ochish

„Olatogʻ“ xalqaro universiteti (ingl. Ala-Too International University, rus. Международный университет «Ала-Тоо», turk. Uluslararası Ala-Too Üniversitesi), eski nomi „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetiQirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan xususiy universitet. 1996-yil ochilgan. Universitetda bakalavr, magistr, doktor darajalarini olish mumkin. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti Qirgʻizistondagi eng nufuzli universitetlari qatoriga kiradi.[1]

„Olatogʻ“ xalqaro universiteti
Ala-Too International University Seal.png
Asl nomi ingl. Ala-Too International University, rus. Международный университет «Ала-Тоо»
Asos solingan 1996-yil
Vebsayti iaau.edu.kg

Universitetda darslarning aksari ingliz tilida oʻtiladi. Baʼzi darslar rus va turk tillarida oʻqitiladi.

„Olatogʻ“ xalqaro universitetini Fethullah Gülenning global taʼlim tarmogʻi moliyalashtiradi va boshqaradi.[2] Turkiya hukumati Gülenni ayblab kelayotgan 2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishi ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi, qirgʻiz rektor tayinladi va oʻzini mahalliy institut oʻlaroq koʻrsata boshladi.

TarixiTahrirlash

 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti 2016-yilgacha „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti deb nomalanar edi

„Olatogʻ“ xalqaro universitetiga 1996-yil Fethullah Gülenning islomiy qarashlariga amal qiluvchi va ularni targʻib qiluvchi „Sebat“ taʼlim tashkiloti „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universiteti nomi bilan asos solgan.[3]

2016-yilgi davlat toʻntarishi urinishida Turkiya hukumati Gülenni aybladi va mamlakat prezidenti Recep Tayyip Erdoğan maʼmuriyati Qirgʻizsitonni Gülen harakatiga aloqador tashkilotlarni yopishga chaqirdi.[4] Ammo Qirgʻiziston hukumati Anqara talablarini bajarishdan bosh tortdi.[5] 2017-yilning fevralida Turkiya hukumati „Olatogʻ“ xalqaro universiteti diplomlari mamlakatda boshqa qabul olinmasligini eʼlon qildi.[6]

Buning ortidan universitet nomini „Otaturk-Olatogʻ“ xalqaro universitetidan „Olatogʻ“ xalqaro universitetiga oʻzgartirdi. „Olatogʻ“ xalqaro universiteti va yana 35 maktab va kollejni boshqaruvchi tashkilot nomi ham „Sebat“ taʼlim jamgʻarmasidan „Sapat“ taʼlim jamgʻarmasiga oʻzgartirildi. (Qirgʻiz tilida „sapat“ soʻzi „sifat“ maʼnosini bildiradi.)

TaʼlimTahrirlash

„Olatogʻ“ xalqaro universitetida quyidagi boʻlim va dasturlar mavjud:

Yangi texnologiyalar fakultetiTahrirlash

  • Komputer fani
  • Elektronika va nanoelektronika muhandisligi
  • Amaliy matematika va maʼlumot texnologiyalari

Ijtimoiy fanlar fakultetiTahrirlash

 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti asosiy kampusi
  • Turkologiya
  • Xitoy tili va tarjima
  • Sinxron tarjima
  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Jurnalistika

Iqtisod va maʼmuriy fanlar fakultetiTahrirlash

  • Jahon iqtisodi va xalqaro biznes
  • Xalqaro aloqalar
  • Boshqaruv
  • Moliya va banking
  • Huquqshunoslik
  • Buxgalterlik hisobi va audit
  • Industrial muhandislik

Tibbiyot fakultetiTahrirlash

 
„Olatogʻ“ xalqaro universiteti bitiruv marosimi (2011-yil)
  • Umumiy tibbiyot
  • Pediatriya

HunarlarTahrirlash

  • Iqtisod va buxgalterlik hisobi
  • Banking
  • Marketing
  • Komputer tizimlari va komplekslari
  • Dastur muhandisligi
  • Dizayn
  • Yurisprudensiya

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash