Otaxon Alamatov (1947.6.3, Andijon viloyati Marhamat tumani Qoraqoʻrgʻon qishlogʻi) — Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini Marhamat tumanidagi U. Qoraboyev nomli jamoa xoʻjaligida brigada hisobchisi vazifasidan boshlagan (1965), 1978-yildan shu xoʻjalikda brigada boshligʻi. A. rahbarlik qilgan brigada Oʻzbekiston Respublikasining don mustaqilligini taʼminlashda — paxta va don hosildorligini oshirish, sifatli urugʻlik bugʻdoy yetishtirish sohasida uzoq yillar davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishdi (bugʻdoy hosildorligi 1998-yilda 84,0 s/ga, 1999-yilda 70 ga ekin maydonning har gektaridan 87,0 s/ga).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil