Ataxan Allabergenov (1947-yilning 17-noyabr sanasida Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, Ilyoli tumanida tavallud topgan) — rassom, haykaltarosh, san'at fanlari professori (2018), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981), Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi (2003). 1974-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1975-yildan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom boʻlib faoliyat yuritgan. Ilk bor Muqimiy teatri spektakllariga (E. Sobitovning "Hijron", F. Musajonovning "Olifta", 1973) dekoratsiyalar yaratdi. A. Allabergenov eskizlarda yaratilgan badiiy g'oyani sahna bezaklariga toʻliq koʻchirishga erishadi. "Beruniy" (Uygʻun, 1976), "Nurxon" (K. Yashin, 1977), "Platina" (O. Matjon, 1977), "Maysaraning ishi" (Hamza, 1983), "Yagona guvoh" (K. Omarov, 1985), "Tobutdan tovush" (A. Qahhor, 1986, Toshkent satira teatrida), "Jaloliddin" (E. Samandarov, 1987) va boshqa spektakllarni badiiy bezagan. Shuningdek, rassom Xiva, Urganch manzaralari aks ettirilgan yirik polotnolar muallifi. "Eski shahar" (1977), "Birinchi oʻqituvchi" (1978) va boshqa kolleksiyalari mavjud. Umri davomida oʻn minglab takrorlanmas rang-tasvir va grafik asarlar yaratgan va Oʻzbekiston san'atiga yuksak hissa qoʻshgan. 2000-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir