Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva

professional teatr sohasiga kirib kelgan birinchi oʻzbek raqqosasi

Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva (ayrim manbalarda Yoʻldosheva deb yoziglan) (1913-yil, Margʻilon — 1-iyul 1929-yil, Margʻilon ) — professional teatr sohasiga kirib kelgan birinchi oʻzbek raqqosasi. 1928-yildan Muhitdin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert-etnografik ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. Ansamblning Margʻilonga qilgan gastroli vaqtida radikal dindorlar tomonidan vahshiyona oʻldirilgan. Nurxon ayollar ozodligi va feodalizmga qarshilik timsoliga aylangan[1]. Bu fojiaga bagʻishlangan „Nurxon“ (Komil Yashin asari; Toʻxtasin Jalilov musiqasi) musiqali dramasi yaratilgan. Margʻilon shahri madaniyat uyi oldida Nurxonga haykal oʻrnatilgan (1968, haykaltarosh Valentin Klebansov)[2][3].

Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva
Tavalludi 1913-yil
Vafoti 1-iyul 1929-yil (16 yosh)
Margʻilon
Fuqaroligi SSSR
Kasbi raqqosa, aktrisa

Hayoti

tahrir

Nurxon 1913-yilda Marg‘ilonda o‘zbek oilasida tug‘ilgan. Qatag‘on davri va o‘ta diniy muhitda o‘sgan Nurxon o‘sha davrdagi boshqa o‘zbek qizlari kabi yoshligidan paranji kiyishni boshlagan. Biroq uning teatrga qiziqishi ortib, 1928-yilda uyidan qochib ketgan va oʻsha paytda Samarqandda joylashgan Muhitdin Qoriyoqubov teatr truppasiga qoʻshiladi[4][5]. Nurxonga Usta Olim Komilov ustozlik qilgan va u yerdagi hamkasblari orasida bo‘lajak SSSR xalq artisti Tamaraxonim va bo‘lajak O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Rahimovalar ham bor edi. Nurxon guruhga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay, 1928-yil 8-martda xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashda boshqa raqqosalar bilan birgalikda sahnaga chiqadi va oʻzlariga qoʻyilgan ijtimoiy mavqega qarshi chiqib, ochiqchasiga paranjilarini yechadi. Tirikligida unga tez-tez diniy aqidaparastlar tomonidan tahdid qilinar edi, ular Nurxon paranjisini yechib, aktrisalik faoliyatini olib borish orqali ijtimoiy meʼyorlarga qarshi chiqqanidan gʻazablangan[6].

Oʻldirilishi

tahrir

Raqs truppasi o‘zining tug‘ilib o‘sgan shahri Marg‘ilonga tashrif buyurganida, Nurxon oilasini ziyorat qilishga qaror qiladi. Xolasiga o‘rgangan raqslarini tushib beradi va qo‘shiqlarini kuylab beradi, shundan so‘ng xolasi uni akasi Salixo‘ja qidirayotganini aytadi. Akasi Nurxonni pichoq bilan kutib turgan bir vaqtda Nurxon koʻz oʻngida paydo boʻlishi bilan uni pichoqlab oʻldirgan. Voqea joyiga politsiya hodimlari yetib kelganidan so‘ng Salixo‘ja darhol jinoyatini tan olgan. U qotillik qasddan sodir etilganini tasdiqlagan[7], ularning otasi Yoʻldoshxoʻja Salimxoʻjaev, mingboshi va mulla Kamol Gʻiyosovning talabi bilan singlisini oʻldirish uchun Solixoʻjani Qur’on nomi bilan qasam ichtirgan. Nurxonning oʻlimining ertasiga jamoat maydonida katta dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Minglab odamlar dafn marosimiga tashrif buyurishdi va ayollar uning tobuti oldida yuzidagi pardalarini yechib tashladilar[8]. Oxir-oqibat uning otasi va ukasi qotillikdagi ishtiroki uchun sudlanib, qatl etildi, mingboshi va mulla esa surgun qilindi.

Opasi Nurxon bilan birga Teatr truppasiga qo‘shilgan Begimxon Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida aktrisalik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirdi. 1929-yilning yozida raqs jamoasi Marg‘ilonga tashrif buyurganida, ikkalasini ham oʻldirilishi rejalashtirgan bir vaqtda oʻzlari bilmagan holda ikki opa-singil o‘z oilasini ziyorat qilish niyatida bo‘lgan, biroq Begimxon isitmasi ko‘tarilib, ota-onasinikiga bormay qolgan, shuning uchun Nurxon yolg‘iz o‘zi vafot etgan. Begimxonning opasi Nurxon xotirasiga bag‘ishlangan sheʼri 1938-yil 20-noyabrda O‘zbekistonning „Yosh leninchi“ gazetasida chop etilgan[9].

Xotirasi

tahrir

Vafotidan soʻng Nurxon SSSR hukumati tomonidan Tursunoy Saidazimova singari mard sovet namunasi[10] sifatida taqdirlangan. Marg‘ilon shahrida Madaniyat uyi oldiga Nurxon[11] haykali qurilib, o‘rnatildi. 1967-yilda haykaltarosh Valentin Klevantsov tomonidan qurilgan[12][13] haykal 1991-yilda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi barham topganidan soʻng koʻp oʻtmay 1993-yilda olib tashlangan; Ayollar ozodligi uchun kurashni ifodalovchi yosh ayolga o‘rnatilgan yodgorlik postsovet O‘zbekistonda axloqsizlik deb hisoblangan[14][15]. Fargʻona shahrida „Nurxon“ kinoteatri mavjud[16].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Vitkovich, Viktor. A Tour Of Soviet Uzbekistan. Moscow: Foreign Languages Publishing House, 1954 — 98-bet. 
  2. "Nurxon" OʻzME. N-harfi, sahifa 248[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Boy Looks up at Statue of Nurkhon
  4. Kamp, Marianne. The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and Unveiling under Communism (en). University of Washington Press, 2011 — 205-206-bet. ISBN 9780295802473. 
  5. "Нурхон". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 6. Tashkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2003. https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20N%20harfi.pdf. 
  6. История узбекской музыки: Учеб. пособие для муз. вузов (ru). Музыка, 1979. 
  7. Nam, Nadezhda; Islamova, Lola „Женщина и свобода в выборе одежды“ (ru). Anhor.uz (2017-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  8. Avdeeva, Lyubov. Тамара Ханум. Моя жизнь. Воспоминания о себе и выдающихся деятелях искусств Узбекистана. Tashkent: Национальной библиотеки Узбекистана имени А. Навои, 2009. 
  9. Okhunova, Etibor. Тариҳ саҳифаларини варақаганда: Мунаввар чорраҳалар (uz). Совет Ўзбекистони (1986-yil 13-mart), s. 4.
  10. Rubin, Don. World Encyclopedia of Contemporary Theatre, 1999-04-30 — 458-bet. ISBN 9780415260879. Qaraldi: 2010-yil 12-sentyabr. 
  11. Picture of the statue — Boy Looks up at Statue of Nurkhon
  12. Ioganson, Boris Vladimirovich. Искусство стран и народов мира: краткая художественная енциклопедия : архитектура, живопись, скульптура, графика, декоративное искусство (ru). Советская энциклопедия, 1978 — 499-bet. 
  13. „Sculptors“. O'zbekiston haykaltaroshligi.[sayt ishlamaydi]
  14. The Moscow Times, Volume 2, Issues 46-57 (en). Moscow Times, 1995 — 36-bet. 
  15. MacLeod, Calum; Mayhew, Bradley. Ouzbékistan: Samarcande, Boukhara, Khiva (fr). Olizane, 2004 — 141-bet. ISBN 978-2-88086-313-5. 
  16. „"Days of the Uzbek National Cinema Arts" held in Margilan“. Uzdaily.com. Qaraldi: 2010-yil 12-sentyabr.

Havolalar

tahrir