Usta olim Komilov (1875, Margʻilon — 1953.3.4, Toshkent) — sozanda (doyra, nogʻora, chang), milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining asoschilaridan. Mehnat Qahramoni (1932), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilonda Masaid otadan doira chalishni oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy, sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik truppasi (1929 yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939 yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da doirachi; raqs studiyasida dare bergan (1926-43).

U.O. oʻzbek rake sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. U toʻplagan va oʻzi yaratgan oʻzbek raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qoʻllanma boʻlib qoldi. U.O. Tamaraxonim va M. Turgʻunboyeva kabi raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qad. oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan ("Zang", "Gul oʻyin", "Sadr", "Daromadi gul oʻyin" va h. k.), yangi "Pilla", M. Turgʻunboyeva bilan "Paxta", oʻzi "Tantana" raqslarini yaratgan. "Farhod va Shirin" (Xurshid pyesasi; V. Uspenskiy, G. Mushel musiqasi), "Gulsara" (Komil Yashin, M. Muhamedov; R. Glier) spektakllariga raqslar sahnalashtirgan, "Paxta" (N. Roslavets, 1933), "Shohida" (F. Tal, 1939) baletlarini sahnalashtirishda qatnashgan.

U.O. ijrosidagi xalq doyra usullarining kupi Il. Akbarov ("Doyra usullari", T., 1952), V. Uspenskiy, Ye. Romanovskayalar tomonidan yozib olingan. U.O.ning ijro uslubi zarblar jilvadorligi qamda tembr vositalarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. T. Inogʻomov, K. Azimov, A. Toʻychiyev va boshqa doirachilarga ustozlik qilgan.

Moskvada oʻtkazilgan milliy teatrlar olimpiadasi (1930), oʻzbek sanʼati dekadasi (1937) qatnashchisi (dekadada ijro etilgan "Sayil va kolxoz toʻyi" inssenirovkasining yaratuvchilaridan). U.O. doiraning boy ifoda imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham namoyish qilgan. Tamaraxonim va boshqa bilan birinchi xalqaro raqs festivalida gʻoliblikka erishgan (London,1935) va uning kaftlaridan olingan gips nusxa Angliya muzeyida saklanadi. Fargʻonadagi 1musiqa maktabi, Toshkent va Margʻilondagi koʻchalardan biriga U.O. nomi berilgan.[1]

AdabiyotTahrirlash

  • Obidov T., Us t a Olim Komilov, T., 1958.





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil