Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911.7.11, Margʻilon — 2003.18.2, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Tamaraxonimnushg singlisi. 1924 — 27 yillar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Us t a Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—28), Samarqand (1928— 30, 193337), Andijon (193033), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu ("Farhod va Shirin"), Xoljon xola (F. Zafariy, "Halima"), Zebo ("Arshin mol olon"), kabi obrazlar yaratgan. 1937—39 yillar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotinqiz dutorchilar ansamblida(1939—40), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940— 41), Oʻzbek davlat xotinqizlar front ansamblida (1941—ya45), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945— 68) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. 1968 i. "Lazgi" ansamblini tashkil etgan va unga 1982-yilgacha rahbarlik qilgan. 1983-yildan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. R. ijod etgan "Ufori soxta", "Buxorocha", "Uygʻurcha", "Ozarbayjoncha", "Andijon samosi", "Usmoniya", "Gul oʻyin" kabi va "Katta oʻyin" (Us t a Olim Komilov bilan hamkorlikda), "Ufori soxta", "Oʻzbekiston qizlari", "Jayxun misoli lazgi", "Koʻzim qarosi", "Lazgi salomi" singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]

Gavhar Rahimova
Tavalludi 7-noyabr 1911-yil
Vafoti 18-fevral 2003-yil(2003-02-18)
(91 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil