Otit
Otit (yun. otos — quloq, itis — yalligʻlanish) — quloqning yalligʻlanishi. Tashqi quloqning yalligʻlanishi otit, oʻrta quloqning yalligʻlanishi oʻrta otit va ichki quloqning yalligʻlanishi labirintit deyiladi.
Tashqi otitga tashqi eshituv yoʻliga infeksiya kirishi, shuningdek, qashinib yoki hasharot chaqib yaralanishi, kuyish, sovuq urishi, shpilka yoki barmoq bilan quloq kovlash va x.k. sabab boʻladi.
Oʻrta O. koʻpincha yosh bolalarda uchrab, birmuncha ogʻir kechadi, quloq qat-tiq ogʻriydi, harorat koʻtariladi, eshi-tish ancha pasayadi, miya va uning pardasiga asorat berishi mumkin. Oʻrta O.ga aksariyat yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi bilan kechadigan infeksi-on kasalliklar: gripp, oʻtkir respirator kasalliklar, qizamiq, skarlatina va boshqa sabab boʻladi. Oʻrta O.da vrach tav-siyasi boʻyicha kompress qilinadi; u ogʻriqni pasaytiradi va nogʻora boʻshli-gʻidagi yalligʻlanish soʻrilib ketishiga imkon beradi. Oʻrta quloq yalligʻlani-shining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, servitamin ovqatlar is-teʼmol qilish (qarang Ovqatlanish), fizkultura va sport bilan shugʻullanish lo-zim. Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish oqibatida nafas yoʻllarining surunkali yalligʻlanishi keyinchalik oʻrta quloqqa ham oʻtishi mumkin. Tumov boʻlganda burunni toʻgʻri qoqa bilish ham oʻrta O.ning oldini olishda ayniqsa muhim. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, bemor butunlay tuzalib ketadi, eshitish qobiliyati oʻz holiga qaytadi. Baʼzan soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va ular oraligʻidagi toʻsiqlarning yalligʻlanishi (qarang Quloq) kabi asoratlar yuzaga kelishi yoki kasallik surunkali shaklga oʻtishi mumkin.
Surunkali O.da vaqt-vaqti bilan yiring oqib turadi, eshitish qobiliyati pasayadi. Surunkali O.ga xos alomatlar paydo boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish lozim. Oʻz vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya toʻqimasi abssessi kabi asoratlar roʻy beradi. Oʻrta quloq yalligʻlanishini muntazam davolash zarur, bemor vrach-otorinolaringolog nazorati ostida boʻlishi lozim. Bu kasallikda quloq pardasida doimiy teshik mavjudligi tufayli quloqqa suv kirganda dard zoʻrayadi. Shuning uchun choʻmil-ganda va bosh yuvganda paxtani vazelin yoki boshqa suyuq moyga shimdirib, quloqqa tiqib qoʻyish kerak.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |