Bosh menuni ochish

Ots Georg Karlovich (1920.21.3, Petrograd —1975.5.9, Tallin) — eston xonandasi va opera yakkaxoni (lirik bariton). Xalq artisti (1960). Tallin konservatoriyasini tugatgan (1951). 1945 yildan Tallindagi "Estoniya" opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Operalarda Don Juan, Figaro ("Don Juan", "Figaroning uylanishi"), Onegin ("Yevgeniy Onegin") kabi, operettalarda Danila ("Quvnoq beva"), Tasillo ("Marina") va boshqa partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan klassik va zamonaviy kamer asarlar, qoʻshiklar oʻrin olgan. O. mayin, yoqimli ovozi hamda optimistik talqinlari bilan shuhrat krzongan. "Mister Iks", "Kola Bryunon" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Chet mamlakatlarda (jumladan, bir necha bor Toshkentda ham) gastrolda boʻlgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil