Dils Otto Paul German (1876.23.1, Gamburg — 1954.7.3) — nemis organik kimyogari. Berlin (1906-yildan) va Kilsk universiteti professor (1916-yildan). D. selen yordamida organik birikmalarning uglerod panjaralarini oʻzgartirmasdan degidrirlash usulini taklif qilgan; xolesterin va b. sterinlarni degidrirlagan (1927). K. Alder bilan hamkorlikda diyen sintezi usulini topgan va uning yordamida turli sinflarga mansub koʻp sonli organik birikmalarni olgan. Nobel mukofoti laureati (1950, Alders bilan hamkorlikda)[1][2].

Otto Paul Herrmann Diels (1948)

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil