„Ovoz“ („The voice of Uzbekistan“) – oʻzbekcha koʻngilochar vokal isteʼdodlari musiqiy loyihasi. Bu musiqiy loyiha niderlandiyalik prodyuser John de Mol tomonidan yoʻlga qilingan „The Voice“ televizion vokal tanlovi formatining oʻzbekcha talqini. 2024-yil 20-apreldan „Zoʻr TV“ telekanalida efirga uzatila boshlandi.

Ovoz

“Ovoz” loyihasi logotipi
Boshqa nomi The Voice of Uzbekistan
Turi Musiqa
Muallif(lar) Shuhrat Ahmedov
Evner Latibjanov
Hamdam Turanov
Qaysi asarga asoslangan The Voice
Yaratuvchi(lar) John de Mol
Rejissyor Baxtiyor Safarov
Hakam(lar) Ozodbek Nazarbekov
Tohir Sodiqov
Sevara Nazarxon
Farrux Zokirov
Sharhlovchi(lar) Mirshakar Fayzulloyev
Bastakor(lar) Nodira Qodirova
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
ruscha
Mavsumlar soni 1
Qismlar soni 17
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Rahmonali Yoʻlchiboyev
Prodyuser(lar) Timur Salimov
Joy Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi 8-uy
Muharrir(lar) Umid Musayev
Kamera Jobir Abdunodirov
Furqat Saidmamatov
Mirzo Mirzakarimov
Hojiakbar Abrorov
Ulugʻbek Ilhomov
Muzaffar Ubaydullayev
Ahror Olimjonov
Mirjalol Otaxoʻjayev
Elyor Ibrohimxoʻjayev
Abror Latipov
Shukrullo Qoʻchqorov
Nasrullo Hayrullayev
Shahzod Dalabpyev
Sobir Qurbonov
Qism davomiyligi 80-150 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal Zoʻr TV
Tasvir formati 1080p
Ovoz formati Stereo
Translyatsiya davri 20-aprel, 2024-yil(2024-04-20) — 11-avgust, 2024-yil(2024-08-11)
Holati Mavsumiy tanaffus
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) Ovoz Bolalar

Tarixi

tahrir

„Ovoz“ musiqiy loyihasi „The Voice“ loyihasining rasmiy franshizasi boʻlib, 2024-yil 16-martda „Zoʻr TV“ telekanalida uning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Shu kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston shu teleloyihani namoyish etish huquqini olgan dunyodagi 76-mamlakat ekanligi aytildi. Marosimda „Ovoz“ musiqiy loyihasining ilk murabbiylari sifatida Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Ozodbek Nazarbekov tanishtirildi[1].

Boshlovchilar

tahrir
Boshlovchi Mavsum
1
Mirshakar Fayzulloyev

Murabbiylar

tahrir
Murabbiylar Mavsum
1
Farruh Zokirov
Sevara Nazarxon
Tohir Sodiqov
Ozodbek Nazarbekov

Eʼtirozlar

tahrir

“Uyimni sotib bo‘lsa ham beraman” — Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m uchun malomat qilmaslikni so‘radi. Mazkur loyihaga Oʻzbekiston byudjetidan 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan va bu muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Anjumanda Ozodbek Nazarbekov agar jamoatchilik sarflangan mablag‘ga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, pulni o‘z yonidan qaytarib to‘lashga roziligini aytib o‘tdi:

Bir narsani tushuninglar, bugungi kunda O‘zbekistonni nufuzini ko‘tarishga “Ovoz” loyihasi ham xizmat qiladi. Agar shuning uchun 2 milliard so‘m sarflash jinoyat bo‘lsa, men bunga roziman. Butun dunyoda yagona musiqiy shou mana shu loyiha bo‘lib turibdi va 76 ta davlatda namoyish etiladi. Sarflangan 2 milliard so‘mga malomat qilaversanglar, shu pulni hozir uyimni sotib bo‘lsa ham beraman.

Manbalar

tahrir