Ovqat hazm qilish - odam va hayvonlar organizmida ovqatning mexanik va kimyoviy qayta ishlanish jarayoni, bunda oziq moddalar soʻrilib hazm boʻladi, parchalanish mahsulotlari va hazm boʻlmay qolgan moddalar esa organizmdan chiqariladi. Ovqat hazm qilish natijasida murakkab kimyoviy moddalar organizm oson oʻzlashtira oladigan oddiy moddalarga aylanadi. Ovqat hazm qilishq.ning hujayra ichida va hujayradan tashqarida sodir boʻladigan xillari bor. Hujayra ichida Ovqat hazm qilishq. (IM.Mechnikov kashf etgan) bir hujayralilar, ayrim tuban koʻp hujayralilar (gʻovaktanlilar), yuksak koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari (leykotsitlar, mononuklear fagotsitlar va boshqalar) uchun xos. Bu jarayonda hujayra oziq moddalarni faol yutib, sitoplazma fermentlar yordamida Ovqat hazm qilish. vakuolalari ichida parchalaydi.

Hujayra tashqarisida Ovqat hazm qilish. odam va koʻpchilik hayvonlar uchun xos boʻlib, asosan, Ovqat hazm qilishq. sistemasi boʻshligʻida sodir boʻladi (qarang Ovqat hazm qilish sistemasi). Hujayra tashqarisida Ovqat hazm qilishq. membranada, yaʼni ichak devorida va ichak boʻshligʻida roʻy beradi, Membranada Ovqat hazm qilishq. odamlar, barcha umurtqalilar va koʻpchilik umurtqasizlar uchun xos boʻlib, ichak vorsinkalari hujay-ralari membranasida joylashgan fermentlar yordamida amalga oshiriladi (qarang Biologik membranalar).

Hujayradan tashqari (boʻshliqlarda), hujayra ichida va hujayra membranasida (hujayra tashqarisi bilan hujayra ichi oʻrtasidagi chegarada) Ovqat hazm qilishq. farq qilinadi. Aksariyat xdyvonlarda 2 xil (hujayra ichida va hujayra tashqarisida) Ovqat hazm qilishq. bir-birini toʻldiradi. Koʻpchilik umurtqali hayvonlar va odamda Ovqat hazm qilishq. ogʻiz boʻshligʻidan boshlanadi. Bu yerda ovqat chaynalib maydala-nadi, soʻlak bilan aralashtiriladi va xoʻllanib, oziq luqmasi hosil boʻladi. Asosiy Ovqat hazm qilishq. suyukdiklar (soʻlak, meʼda, meʼda osti bezi va ichak shirasi, safro) fermentlari taʼsirida ovqat kimyoviy ishlanadi. Ayrim hayvonlarda soʻlak tarkibidagi fermentlar (odamda amilaza) taʼsirida ovqat tarkibidagi uglevodlar parchalanadi. Ov-qat yutilib, tomoq va qiziloʻngach orqali meʼdaga tushadi. Meʼdada ovqatning maydalanishi va uglevodlarning parchalanishi davom etadi; proteoli-tik fermentlar taʼsirida oqsillarning parchalanishi boshlanadi. Ayrim hayvonlar va qushlarda oziq meʼda (osh-qozon)ga tushishdan oldin jigʻildonda yigʻiladi. Yaxshi ezilgan va qisman hazm boʻlgan oziq oshqozondan oz-ozdan in-gichka ichakka oʻtadi. Ingichka ichakdagi Ovqat hazm qilishq. jarayonida oziq modsalar oshqo-zon osti bezi va ichak shirasi hamda oʻt suyukligi ishtirokida hujayradan tashqarida, yaʼni vorsinkalar membra-nasida parchalanib, hazm qilish va soʻrilish tugallanadi. Yoʻgʻon ichakda ingichka ichak fermentlari, yoʻgʻon ichakning oʻzi va bakteriyalar ishlab chiqadadigan fermentlar taʼsirida uglevodlar bijgʻiydi, oqsillar chiriydi; suv va unda erigan moddalar qonga shimilib, axlat massasi shakllanadi. Yoʻgʻon ichakda axlatning toʻplanishi defeka-siyaga olib keladi.

Ovqat hazm qilishq. neyrogumoral regulyasiya orqali amalga oshadi. Ovqat hazm qilishq.ga ovqat yeyila-digan sharoit, ovqatning koʻrinishi, miqdori, tarkibi va boshqa omillar taʼsir qiladi. Ovqat hazm qilishq. fiziologiyasini ishlab chiqishda rus olimi N.P.Pavlov va uning shogirdlari katta hissa qoʻshgan. Oʻrgimchaklar va kavsh qaytaruvchilarda Ovqat hazm qilishq. oʻziga xos xususiyatga ega.[1]Hazm qilish jarayoni balo battar😁😃😁😃😁

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil