Ovring — Tojikistonning togʻlik hududlarida tik togʻ yon bagʻirlaridan oʻtgan tor yoʻllarning ilmiy adabiyotda qabul qilingan nomi. O. qoyalarni oʻyib, mustahkam qoziklar ustiga shox-shabbalar toʻshab ishlanadi. Oʻtib boʻlmaydigan joylarga osma koʻpriklar quriladi. Tik silliq qoyaga baland zinapoyalar osib qoʻyiladi. Baʼzan qoyaning tepasiga katta qoziqlar qoqiladi, pishiq novdalardan eshilgan arqon halqa shu krziklarga osiladi. Arqon xalqalarning pastki uchiga gʻoʻlalar yotqiziladi. Kishilar ana shu gʻoʻlalar ustidan yuradi. O.lar, asosan, piyoda yurishga moʻljallangan. Baʼzi qismlarida eshak-otlarda oʻtsa ham boʻladi. O.larni tepadan tushgan suv, toshlar va qor koʻchkilari ishdan chiqaradi. Shugʻnon va Rushonda O. marja (marza), parin (parind), Yagʻnobda ra-faq deyiladi. Togʻlarda katta yoʻllar qurilishi munosabati bilan O. oʻz ahami-yatini tobora yoʻqotmokda.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil