Oygul
Oygul, moh — koʻp yaprokli moychechak shaklidagi naqsh. O. yaproklar soniga qarab 3 yaprokli, 4 yaproqli, 5 yaproqli O. deb nomlanadi. Naqqoshlik va miskarlikda oʻsimliksimon naqsh boʻlagi hisoblanib, ustalar naqsh mujassamotini yaratganda, idishlar bezagida qoʻllanadi. Oygul i islimiy naqshi tanob bilan bandning murakkab aylanma harakatidir. O.ni naqqoshlar baxt-iqbol ramzi sifatida qoʻllab kelganlar. Buxoroda naqshi mohiy deb yuritiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |