Oysha Abdurahmon Bevliy
Oysha Abdurrahmon Bevliy (1948-yilda tugʻilgan) islomni qabul qilgan va islomga oid koʻplab kitoblarning muallifi hamda tarjimonidir[1]. WorldCat uyushmasi katalogida uni „3 tildagi 172 ta nashrda 73 ta asar va 855 ta kutubxona fondi“ uchun muallif yoki tarjimon sifatida koʻrsatib oʻtiladi[1]. U turmush oʻrtogʻi bilan Qur’onning ingliz tiliga tarjimasi ustida hamkorlikda ishlagan[2].
Hayoti
tahrirUning veb-saytidagi maʼlumotlarga koʻra, Oysha 1948-yilda Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan, Berkeleydagi Kaliforniya universitetida fransuz tili boʻyicha bakalavr va Yaqin Sharq tillari boʻyicha magistr darajasini olgan hamda Qohiradagi Amerika universitetida grand asosida oʻqigan. U 1968-yilda islomni qabul qilgan. Oysha oʻz kitoblarining tarjimoni boʻlgan Haj Abdalhaqq Bewley bilan turmush qurgan. Ularning uch farzandi bor[3][4].
Tanlangan asarlari
tahrirTarjimalar
tahrir- (tr.) The Darqawi Way: Letters of Mawlay al-Darqawi (Darqaviy yoʻli: Muhammad al-Arabiy al-Darqaviyning Mavlay ad-Darqaviy maktublari.) Norvich: Diwan matbuoti, 1981-yil.
- (tr.) Al-Muwatta of Imam Malik ibn Anas: The First Formulation of Islamic Law (Imom Molik ibn Anasning al-Muvattosi: Molik ibn Anas tomonidan Islom qonunining birinchi taʼrifi). London va Nyu-York: Kegan Paul International, 1989-yil.
- (Tr. Abdalhaqq Bewley bilan) The noble Qurʼan: a new rendering of its meaning in English (Qurʼoni karim: uning maʼnosining ingliz tilidagi yangi tarjimasi). Norvich: Diwan matbuoti, 1999-yil.
- The Madinan Way: the soundness of the basic premises of the School of the People of Madina (Madina yoʻli: Madina ahli maktabining asosiy asoslarining mustahkamligi) Ibn Taymiya 2000-yil.
- (tr.) Ibn al-Arabi on the mysteries of bearing witness to the oneness of God and prophethood of Muhammad (Ibn al-Arabiy Allohning birligiga va Muhammadning paygʻambarligiga guvohlik berish sirlari haqida) Ibn Arabiy 2002-yil.
- (tr.) Tafsir al-Qurtubi: classical commentary of the Holy Qurʼan (Tafsir al-Qurtubiy: Qur’oni Karimning Al-Qurtubiyning klassik tafsiri). 2003-yil.
Boshqa ishlari
tahrir- (Abdalhaqq Bewley va Ahmad Tomson bilan) The Islamic will: a practical guide to being prepared for death and writing your will according to the Shariʻa of Islam and English (Islomiy iroda: oʻlimga tayyor boʻlish va Islom shariati va ingliz qonunlariga muvofiq vasiyatingizni yozish uchun amaliy qoʻllanma). London: Dar al-taqvo, 1995-yil.
- A glossary of Islamic terms (Islom atamalarining lugʻati) 1998-yil.
- Islom: ayollarning kuch-qudratini oshirish . 1999 yil.
- Muslim women: a biographical dictionary (Musulmon ayollar: biografik lugʻat) 2004-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Worldcat Identities. Bewley, Aisha Abdurrahman“. worldcat. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ Dr Ahmed Saleh Elimam. Marked Word Order in the Qurān and its English Translations: Patterns and Motivations. Cambridge Scholars Publishing, 2013 — 90–93-bet. ISBN 978-1-4438-5367-5.
- ↑ „Biography: Aisha Bewley“. murabitblog (2009-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ „Aisha Bewley“. Goodreads. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
Havolalar
tahrir- Aisha Bewleyning islomiy bosh sahifasi (Wayback Machine saytida 2021-08-12 sanasida arxivlangan)