Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi) — Ozarbayjon Respublikasida, Ozarbayjon tashqi siyosatini olib borish va loyihalashtirishga masul boʻlgan Vazirlar Mahkamasi darajasidagi hukumat agentligi.
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 28-may, 1918-yil |
Joylashuvi | Shixali Qurbanov 4 koʻchasi, Boku shahri, Ozarbayjon |
Hududiy xizmati | Ozarbayjon |
Nazir | Jeyhun Bayramov |
Vebsayti | www.mfa.gov.az |
Til(lar)i | ozarbayjon tili |
Tarix
tahrirOzarbayjon Tashqi ishlar vazirligi 1918-yilda, birinchi Ozarbayjon Respublikasi davrida tashkil etilgan. Oʻsha davrda Ozarbayjon xalqaro miqyosda tan olingan va bir qator davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan. 1918-1920-yillarda Armanistonda, Gruziyada, Turkiyada, Turkistonda vakillar faoliyat koʻrsatgan va tegishli ravishda Eronda va Kuban va Don hukumati davrida elchixona va vakolatxonalar faoliyat koʻrsatgan. Ozarbayjon Alimardan Topchubashov boshchiligida Parijdagi tinchlik konferentsiyasida vakolatxonasiga ega edi[1].
1920-yil aprel oyida bolsheviklar Ozarbayjonni bosib olganlaridan soʻng Tashqi ishlar vazirligi tugatilib, uning oʻrniga Ozarbayjon SSR Xalq tashqi ishlar komissarligi tashkil etildi. Xalq tashqi ishlar komissarligi, hatto u qadar jiddiy vakolatlarga ega boʻlmagan taqdirda ham, 1920-1922-yillarda xorijiy davlatlarda, shu jumladan Ozarbayjon SSRning oʻz elchisi Ibrohim Abilov boʻlgan Turkiyada maʼlum ikki tomonlama aloqalarni amalga oshirdi. Ozarbayjonning Xalqaro aloqalar boʻyicha komissarlari Nariman Narimanov va Mirza Dovud Husaynov edi. Ammo komissarlik Ozarbayjon SSRni Zakavkaziya SFSR tarkibiga qoʻshilishi bilan bekor qilindi.
Ikkinchi Jahon urushi oxiriga kelib, 1944-yilda Sovet hukumati Ozarbayjon SSR Xalq tashqi ishlar komissarligini qayta tikladi. 1946-yilda komissarlik Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ga oʻzgartirildi. Ammo TIV hali ham jiddiy vakolatlarga ega emas edi. Ozarbayjon SSRning oxirgi tashqi ishlar vaziri Husaynaga Sadigov boʻlib, Ozarbayjon Respublikasi mustaqil boʻlgandan keyin tashqi ishlar vazirligini yetti oy davomida boshqargan.
Ozarbayjon mustaqilligini qoʻlga kiritgandan soʻng, TIV Ozarbayjon tashqi siyosatini ishlab chiqish va olib borish uchun masʼul boʻlgan Vazirlar Mahkamasi darajasidagi murakkab agentlikka aylandi.
Diplomatiya kuni
tahrirDiplomatiya xizmati kuni, shuningdek Diplomatiya kuni deb nomlanuvchi kun Ozarbayjonda rasmiy kasb bayrami hisoblanadi. 2017-yildan beri Ilhom Aliyevning Ozarbayjon diplomatik xizmatlari xodimlarining kasb bayramini belgilash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga binoan har yili 9-iyulda nishonlanadi[2].
Diplomatik akademiya
tahrirOzarbayjon Diplomatik Akademiyasi (ADA) 2006-yilda global yetakchilar va siyosatchilarni tayyorlash maqsadida ochilgan. 2014-yilda Prezident farmoni bilan universitetga aylantirilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Azerbaijan Democratic Republic“.
- ↑ FS „Minister of Foreign Affairs of the Republic of Azerbaijan: "New priorities ahead of our Diplomacy: From the historical heritage to the future"“. mfa.gov.az. 2019-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-aprel.(Wayback Machine saytida 2019-01-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ „About ADA“ (en-us). www.ada.edu.az. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.