Ozarbayjon ashug san’ati
Ozarbayjon ashuglari sanʼati(ozarb. Azərbaycan aşıq sənəti) — sheʼriyat, hikoyalar soʻzlash sanʼati, raqs va ozarbayjon ashuglarining vokal instrumental musiqa majmuasidir. Ashuglar Ozarbayjonda doimo xalq orzusini ifodalashgan, sevgi ozodligini himoya qilishgan, vatanga sadoqat haqida kuylashgani sababli azaldan „El anasi“ (ozarb. Elanası — „Xalq onasi“), deb atalgan[1]. Ozarbayjon ashugi sanʼati milliy birdamlik ramzi va ozarbayjon tili, adabiyoti va musiqasining[2] asrovchisi hisoblanadi.
209 yilda YUNESKOning nomoddiy merosini himoya qilish Qoʻmitasining Abu-Dabidagi (BAA) toʻrtinchi sessiyasida ozarbayjon ashuglari sanʼati YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan[2][3].
Asosan erkin boʻlgan ashug sanʼati tarkibi boʻyicha kengligi va xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Ashug sanʼati epik doston, xalqning erkinligi va qahramonligini madh etuvchi qoʻshiqlar, shuningdek, doʻstlik va sevgi madh etiladigan satirik va yumoristik qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi. Ashug sanʼati sintetik sanʼat hisoblanadi, ashug oʻzi sheʼr yozadi, musiqa bastalaydi, sozda chaladi va oʻzi raqsga tushadi. Koʻpincha ashug ijrochisiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan asboblar ansambli joʻrlik qiladi, lekin ashugning asosiy musiqa asbobi soz hisoblanadi.
Ashug sanʼatining eng keng tarqalgan janri dostondir, xususan mardonavor — epik dostonlardir. Dostonlardagi vokal — instrumental qismlari sheʼrdagi dialog fragmentlari bilan navbatma-navbat keladi. Feodal va bosqinchilarga qarshi kurashgan, XVI asrning ozarbayjon xalq qahramoni Goʻrogʻli haqidagi doston ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda Goʻroʻgʻlining jasoratlarini madh etuvchi bir nechta qoʻshiqlar mavjud. Ularga „Goʻroʻgʻli djengisi“, „Atli Goʻroʻgʻli“, „Piyada Goʻroʻgʻli“, „Goʻroʻgʻli“ va boshqa qoʻshiqlar kiradi. Qahramonlik mavzusidagi „Misri“ qoʻshigʻi ashuglar dialogida koʻp ijro etiladi. Bunday dialogda muayyan mavzuda improvizatsiya qilayotgan ikkita, uchta va xatto toʻrtta ashuglar ishtirok etishi mumkin.
Etimologiya
tahrirZamonaviy ensiklopedik lugʻatda „ashug“ soʻzi arab va turkiy „ashug“ — „oshiq“ soʻzidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan. Katta ensiklopedik lugʻatida ham „ashug“ turkiy tilda „oshiq“ maʼnosini bildirishi koʻrsatilgan[4]. „Ashug“ soʻzi arab tilidan kelib chiqib avval „ehtiros bilan sevgan, ilohiy sevgi bilan yonayotgan“ maʼnosini bildirgan, soʻng esa u turkiy tilga oʻtib va asta sekin arman va gruzin tiliga „qoʻshiqchi-shoir“ maʼnosi bilan oʻtgan deb hisoblanadi[5]. XII asrning turkiy shoir-tasavvufchisi Ahmad Yassaviy oʻzining „Haqiqat oshiqlari“ sheʼrida soʻfiy darvishlarini[6] „ashuglar“ deb atagan.
Ashug sanʼati tarixi
tahrirOzarbayjon madaniyatida ashug anʼanasi ashug Gurbani yashab ijod qilgan vaqtda- XV-XVI asrlardan boshlab [7] rivojlana boshlaydi, lekin sanʼatning oʻzi bundan ham qadimroq tarixga ega, masalan ozanlar X—XI asrlardanoq[1] ijod qilishgan.
Ozanlar oʻz hikoyalarini gopuz ijrosi bilan kuzatgan va oguzlar orasida alohida diniy taʼsirga ega boʻlgan oguz baxshi va qoʻshiqchilari boʻlishgan. Ozanning mashhur yodgorliklariga oguz qahramonlik eposi „Buvam Korkut kitobi“ kiradi. Tarixda Dede Korkut, Dede Abbas, Dede Yadigyar, Dede Gasim, Dede Kerem („Dede“ soʻzi oguzlarda „diniy ota“ maʼnosini bildirgan) kabi ozanlar mashhur. XVII asrda ozanlar tarixiy sahnadan butkul ketgan. Islom taʼsirini kuchayishi va uning turkiy-oguzlar jamiyatidagi mafkurasi bunga sabab boʻlgan. Arab tili va adabiyotining tarqalishi va umuman islom gʻoyalariga yoʻnaltirilgan madaniyatining tarqalishi ozan sanʼati gʻoyalarini buzgan[6].
Gurbani davrida oʻz chiqishlarini gopuz bilan bezatgan ozanlar oʻrniga qoʻshiqlarini sozda chalgan ashuglar kelishgan.
Ashug musiqasining janrlari
tahrirMilliy sheʼriyatning asosiy janrlari — goshma, doston, ustadname, shuningdek, ularning sheʼriy shakllari — gerayli, divani, goshma, tedjnis — ashuglar ijodining eng sevimli shakllaridir.[8]
Goshma
tahrirXalq sheʼriyatining eng keng tarqalgan shaklidir. „Goshmada“ boʻgʻinlar soni oʻn birga yetadi. „Goshma“ bir nechta kichik turlarga boʻlinadi: „gyuzelleme“ — gyuzel — chiroy soʻzidan tabiiy goʻzallik yoki ajoyib insoniy hususiyatlarini madh etiladigan shakldir; „kochaklama“ — qahramonlik amallari yoki qahramonlarning oʻzi madh etiladigan shakldir; „tashlama“ — jamiyat yoki insonlarning kamchiliklari tanqid qilinadigan turi, „agit“ xotirlashga atalgan qoʻshiq.
Doston
tahrirNafaqat sharqiy balki gʻarbiy sheʼriyatda mashhur boʻlgan janr (shu jumladan xalq oʻrtasida). „Dostonlarda“ ashuglar mardlik, sevgi qissalari, muhim tarixiy voqealar haqida hikoya qilishgan. Uslubiy va boʻginli maʼnoda koʻpincha „koshma“ ni eslatadi, lekin undan toʻrt misraliklarning soni, mavzu, maʼno va musiqa mavzusi bilan farq qiladi.
Ustadname
tahrirAnʼanaviy mavzular qoʻshiq — oʻgitlardan va qoʻshiq — nasihatlardan tashkil topgan.
Gyuzelleme
tahrirGyuzelleme bu „Goshma“ turlaridan biri boʻlib, unda tabiiy goʻzalliklar tavsiflanadi yoki ajoyib insoniy hususiyatlarni madh etish boʻladi.
Ijrosi
tahrirOzarbayjon ashuglarining ijro uslubi mahalliy ijodning oʻziga hos hususiyatlari bilan ajralib turgan. Masalan, Gyandja, Kelbadjar, Gazax, Tovuz, Borchalining har bir hududini aks ettiradigan ashuglar oʻzining individual mahorati bilan ajralib turadi va katta matonat bilan ashug sanʼatining anʼanalarini asrashadi. Koʻp hollarda ashug ijrosiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan cholgʻular ansambli hamrohlik qiladi, lekin ashugning asosiy cholgʻu asbobi bu sozdir. Asosiy ozarbayjon xalq cholgʻu asboblari bu: tor, def (mugʻomchilar triosida), soz (ashuglar ijodida), nogʻora, gosha-nogʻora (bayram udumlarida).
Ijodiy hususiyatlariga koʻra ashuglar quyidagicha farqlanadi:
- Ashug-shoir xalq orasida „Usta ashug“ (ashug -usta) — dostonlar, karavellalar, sheʼrlar yozadi, qoʻshiq aytadi va soz chaladi, ijro raqslar bilan kuzatiladi.
- Ashug — cholgʻuchi. Mashhur ashuglarning ijodini targʻib qilishadi, qoʻshiq aytib sozda chaladi, ayrim hollarda raqsga tushadi.
- Ashug — hikoyachi ayrim hollarda bir oʻzi (yakkaxon) chiqish qiladi, oʻziga sozda joʻrlik qilgan, ashugni yonida harakatlanib raqsga tushadigan dudukchi ham unga joʻrlik qilishi mumkin.
Ashuglar nafaqat yakkaxon balki, odatda toʻrt ijrochidan- ashug, ikkita dudukchi va doʻmbirachidan[9] tashkil topgan ansambl boʻlib ham ijro etishgan. Ashug ansamblini shuningdek soz bilan balaban va zarbli cholgʻu asbobi ham tashkil etgan[10].
Repertuar
tahrirAshuglar repertuari faqatgina dostonlar bilan cheklanib qolmaydi; u janrlari boʻyicha xilma-xildir va mavzusi boʻyicha juda aniq, doimo ijtimoiylik bilan qayralgan. Ashuglar ertak (nagil), sevgi-lirik qoʻshiqlar, madh etish qoʻshiqlari (gyozelleme), axloqiy qoʻshiqlar (ustadname), satirik qoʻshiqlarni bilishadi. Bunday beshlik (muhammas) va ikkilik (dubeyt) kabi sheʼriy shakllarda ijod qilishadi, shuningdek lab yopilishini talab etmaydigan (dodax-deymez), fonemalarda qurilgan sheʼrlardan keng foydalanishadi. Koʻp ashuglar 50-60 dostonlar, oʻnlab hikoya, qissa va ertaklarni (misol uchun Gokchidan mashhur ashug Alesker) yodda tutishgan[9].
Oldin ashuglar choyxona, karvon-saroy, bozor maydonlarida chiqishlar qilishgan. Ularning repertuarida koʻp ajoyib sheʼriy namunalar boʻlgan. Ashuglar hirgoyilari musiqiy jihatdan qiyin emas, lekin ritmik aniqdir. Bu hirgoyilar anʼanaviydir va avloddan avlodga oʻtib boradi. Bu bilan bir motivlar faqatgina qahramonlik sheʼrlariga, boshqalari esa — faqat lirik sheʼrlarga toʻgʻri keladi. Bitta tarona turli ashuglarda har xil uslubda ijro etiladi va shaxsiy did va temperamentga bogʻliq. Ashuglar ijodining eng koʻp tarqalgan janri bu sevgi lirikasidir. Lekin ashug ijodining eng qiziqarli shakli bu musiqali — sheʼriy bellashuv — deyishmedir, uning ishtirokchilari (ashuglar) topishmoq, savol va javoblarda bellashadilar. Bunda ashuglardan biri raqibiga sheʼriy shaklda javob qaytara olmasa yoki topishmoqni topa olmasa, gʻolib magʻlubning sozini olib qoʻyishga haqli boʻlgan va magʻlub ashug unvonidan mahrum boʻlgan[9].
Oʻtmish ijrochilari
tahrirZamonaviy Ozarbayjonda professional ashuglarni ikki toifaga ajratishadi: ashug-ijrochilar va ashug — shoirlar. Ashug — ijrochilar professional baxshi boʻlib sheʼriy ijod bilan shugʻullanmaydilar. Oʻzining individual mahorati va oʻz folklori xususiyatlarining nozik jihatlarini tushunganligi tufayli oʻz doston, qissalari, ayniqsa ularning prozaik shakllariga turli xil variatsiya va oʻzgartirishlar kiritishadi. Ashug — shoirlar esa baxshilik faoliyati bilan bir qatorda sheʼriy ijod bilan ham shugʻullanishadi. Ozarbayjonda bunday ashuglarni ustodlar deb atashadi, ozatbayjon tilidan tarjima qilganda u „Oʻz ishining yetuk ustasi“ maʼnosini biladiradi. Ustodlar shogirdlariga ashug sanʼati asoslarini oʻrgatgan oʻz maktablariga ega boʻlgan. Ustodlarga Gurbani (XVI asr.), Tufarganlik Ashug Abbas (XVII asr.), Xeste Kasum (XVIII asr), Ashug Valex (XVIII asr), Ashug Alesker (1821—1926), Bozalganlik Ashug Guseyin (1875—1949), Sayat — Nova kabi va koʻpgina boshqa isteʼdodli shoirlarni keltirish mumkin. Ular nafaqat ashuglik sheʼriyatiga, balki Ozarbayjonning butun yozma adabiyotiga ham katta taʼsir koʻrsatishdi[11].
-
Ashug Asad
-
Ashug Mirza
-
Ashug Islam
-
Ashug Ibragim
Hozirgi ijrochilar
tahrirOzarbayjon xalq artisti Brilliant Dadasheva Ozarbayonda eng mashhur ashuglardan hisoblanadi. Shuningdek, Ozarbayjon parlamenti deputati Borchalilik (Gruziya) Zelimxan Yagub ham ashugdir. Davrimizning mashhur ashuglaridan Ashug Zulfiya, Ilham Aslan, Ali Tovuzli va boshqalarni misol qilish mumkin.
Temir parda davri
tahrir30 -yillardan boshlab, SSSR xalqlarining barcha xalq musiqa madaniyati kabi ashug musiqasi ham davlatning qattiq nazorati ostiga tushadi va bu bilan oʻzining eng yomon davrlarini boshdan kechiradi. Ozarbayjon milliy musiqasini xalqaro maydonlarga yoʻlini koʻp yillarga yopib qoʻyishadi. Ashug musiqasi va mugʻomni primitiv sanʼat sifatida odamlar ongiga quyishadi, lekin bular ziyolilarning katta qismini ogʻzaki musiqa anʼanasiga boʻlgan katta qiziqishini pasaytirmadi.
Ashug musiqasining tiklanishi
tahrirXX asrning yetmishinchi yillarida, boshchiligida 1971-yilda Moskvada, 1973-yilda Olma-Otada va 1978 va 1983-yillarda Samarqandda birinchi anʼanaviy musiqa xalqaro simpozium va festivallari oʻtkazilgan YUNESKO saʼyi harakatlari oqibatida mugʻom qayta tiklana boshladi.
Ashug musiqasi festivallari
tahrir2004-yil iyulida Sumgait shahrining Uzeir Gadjibekov nomidagi madaniyat saroyida „Sazin sozyunsexrinyagyal !“ nomli ashug musiqasi bayrami oʻtkazildi. Festival „respublika ashuglari uyushmasi“ shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan edi va bayram aʼlo darajada oʻtdi. Konsertda Ali Tovuzli, Ilham Aslan kabi ashug va shoirlar, shuningdek, „Peri gizlar“ mejlisining Telli Borchali, Kyamalya Gubadli kabi aʼzolari sahnaga chiqishdi. Ular improvizatsiyada yetuk mahoratlarini va folklordagi bilimlarini namoyish qilishdi.
Ozarbayjon ashuglari Uyushmasining sumgayit boʻlimi raisi shoira Ganira Mextixanli hisoblanadi. Shaharda ushbu xalq sanʼati bilan shugʻullanadigan 20 ortiq ashug — professionallar mavjud. Ular ashug musiqasi targʻiboti bilan faol ravishda shugʻullanishadi, yordam konsertlari bilan korxona, harbiy qismlarda ishtirok etishadi.[12]
Jahon eʼtirofi
tahrirOzarbayjon mustaqillikka erishganidan soʻng, Ozarbayjon madaniyatini dunyoga targʻib qilish imkoniyati tugʻildi, buning uchun ozarbayjon ashuglariga davlat koʻmagi koʻrsatilmoqda va dunyo boʻylab gastrollar tashkil etilmoqda.
- 2009-yil may oyida Luvrda Haydar Aliyev fondi yordami bilan ozarbayjon ashuglarining konserti boʻlib oʻtdi.[13]
- 2-fevral kuni Muzey markazida „Ozarbayjon ashug musiqasining antologiyasi“ nomli disk taqdimoti boʻlib oʻtdi.[14]
- 2009-yilning noyabrida turli mamlakatlardan musuqachilar qatnashgan Derbent shahridagi musiqa festivalida ashuglar ham sahnaga chiqishdi.[15]
- 2009-yil kuzida Buyuk Britaniyada Ozarbayjon kunlari doirasida Londondagi konsertda ozarbayjon ashuglari sahnaga chiqishdi.[16]
- Fransiyada Ozarbayjonlik Fredrik Gazaxbeyli „Gazax“ musiqa guruhini tuzib uning dasturiga ashug musiqasini ham kiritadi. Guruh yakkahonlaridan biri fransuz Meluka Obri Mikail Azaflining „Amandi“ qoʻshigʻini ijro etadi. Qoʻshiqlar „Lafibre“ albomiga kiritilgan. Ularning ilk „Foto“ albomiga ozarbayjon va fransuz milliy musiqalarining sintezi kiritilgan.[13][15][17][18]
- Turkiyanong Sivas shahrida mashhur ashug Rusatning xotira kechasida Naxichevanlik ozarbayjon ashuglari sahnaga chiqadi. Dastur doirasida ashuglar ozarbayjon xalq qoʻshiqlarini ijro etishdi.[19]
Ozarbayjon ashuglari roʻyxati
tahrir- Ashug Imran
- Ashug Gurbani
- Ashug Abdulla
- Ashug Abbas Tufarganli
- Sari Ashug
- Ashug Valex
- Ashug Lala
- Miskin Muhammed
- Xeste Kasum
- Shikeste Shirin
- Ashug Peri
- Ashug Alesker
- Ashug Ali
- Ali Gizilvenkli
- Arzu Gurbani
- Arzu Melek
- Ashug Asad
- Ashug Axmed
- Ashug Basti
- Ashug Islam
- Ashug Guseyn Bozalganli
- Ashug Guseyn Sarachli
- Ashug Kyamandar
- Ashug Godja
- Molla Djuma
- Ashug Musa
- Ashug Mustafa
- Ashug Shamshir
- Zarnigyar Derbendli
- Rovshan Ibragimzade
- Ashug Samira
- Ashug Adalat
- Ashug Azafli
- Zelimxan Yagub
Yana qarang
tahrir- Ozarbayjon musiqasi
- Mugʻom
- Xanende (rus.)
- Tesnif (rus.)
- Meyxana (rus.)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ashug sanʼati YUNESKOning nomoddiy madaniy meros Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi. Day.az, 30.09.2009-yil
- ↑ 2,0 2,1 YUNESKO saytida ozarbayjon ashug sanʼati
- ↑ Ashug // Taʼlim multilugʻati // Xristianlik, Pravoslavlik, Eʼtiqod, Din, Iso Haloskorning Kafedral sobori
- ↑ Rus adabiyoti va folklori saytida ashuglar
- ↑ Sanubar Bagirova. Anthology of ashiq. Maison des Cultures du Monde / Ozarbayjon Respublikasining madaniyat va san’at vazirligi, 2008 — 61-bet.
- ↑ 6,0 6,1 Anthology of Ashiq (Wayback Machine saytida 2013-11-05 sanasida arxivlangan)
The asiq tradition began to take root in Azerbaijani culture as of the 15th-16th century…
- ↑ BSE da Ashug
- ↑ Tourism.AZ — FOLKLOR
- ↑ 9,0 9,1 9,2 К. А. Каsimov. Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi xalqlari. Ozarbayjonliklar. Xalq ijodiyoti. Kavkaz xalqlari: Etnografik ocherklar: SSSR fanlar akademiyasi nashriyoti, 1962 — 158-bet.
- ↑ Ashuglar turlari
- ↑ К. А. Каsimov. Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi xalqlari. Ozarbayjonliklar. Xalq ijodiyoti. Kavkaz xalqlari: Etnografik ocherklar: SSSR fanlar akademiyasi nashriyoti, 1962 — 160-bet.
- ↑ Ashug musiqasi bayrami: Shou-biznes, 14-iyul 2004
- ↑ 13,0 13,1 Luvrda ozarbayjon ashuglarining konserti boʻlib oʻtadi | Luvrda ozarbayjon ashuglarining konserti boʻlib oʻtadi | Kundalik axborot resursi — „Azeri.ru — Rossiyadagi ozarbayjonliklar“
- ↑ ttp://1news.az/culture/20090202123045514.html
- ↑ 15,0 15,1 Ozarbayjon ashuglari Derbentdagi musiqa festivalida | Madaniyat — Zerkalo.az[sayt ishlamaydi]
- ↑ Londonda ozarbayjon ashuglari chiqish qilishdi — ANSPRESS.COM[sayt ishlamaydi]
- ↑ Fransiyada ashug musiqasi ijro etiladi " BAKU-ART.az, 2014-05-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-01
- ↑ Ozarbayjon ashuglari Parijdagi xalqaro festivalda sahnaga chiqishadi: Madaniyat, 14-may 2009
- ↑ Naxichevanlik ashuglar Sivasda konsert berdilar