Ozarbayjon musiqasi
Ozarbayjon musiqasi — Ozarbayjon milliy folklorini ifoda etuvchi, xalq yoki alohida ozarbayjonlik bastakorlar tarafidan yaratiladigan ozarbayjon madaniyatining bir qismi. Ozarbayjon musiqasi koʻpyillik tarixga ega. Qobuston qoyatosh rasmlaridagi yodgorliklarga koʻra Ozarbayjonda turli raqslar, choʻponlarning nay orqali ijro etgan kuylari, qoʻshiqlar qadimiy ildizga ega va oʻzining ohang hamda ritmlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Klassik musiqa
tahrirOzarbayjon klassik musiqasi — klassik musiqaning bir tarmogʻi. XX asrning boshlarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy yuksalish sharoitida Üzeyir Hacıbəyov zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa madaniyatiga asos soldi va bastakor ijodining anʼanaviy xalq ogʻzaki ijodi bilan sintezini yaratdi[1] .
Ozarbayjon operasi
tahrirOzarbayjon operasi — operaning tarmoqlaridan biri. 1908-yilning 12-yanvarida Ozarbayjondagi birinchi milliy opera — Üzeyir Hacıbəyovning "Layli va Majnun" operasi ilk namoyishi, 1913-yilning 25-oktyabrida esa dastlabki ozarbayjon musiqali komediyasi hisoblanmish Arshin mal alan operettasining premyerasi boʻldi[2][3][4][5].
Ozarbayjon balet
tahrirOzarbayjon baleti — baletning tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ozarbayjon baletining yaralish tarixi 1940-yildan — Əfrasiyab Bədəlbəylining „Qız qalası“ baleti sahnalashtirilishi bilan belgilanadi. Ammo uning belgilari 1920-yillar boshidagi teatrlarda ham uchragan.
Xalq musiqasi
tahrirOzarbayjon xalq musiqasi — Ozarbayjonning turli madaniy qadryatlarini hamda Osiyo va Yevropaning avval unga tegishli boʻlgan hududlarida yashagan barcha tamaddunlar musiqasini oʻzida jamlagan tizimdir. Uning oʻziga xos tuzilmasidan oʻziga xos hududiy farqlar joy olgan. Ozarbayjon xalqi musiqiy-poetik ijodkorligining qadimiy va muhim janrlaridan biri hisoblanuvchi xalq qoʻshiqlarida ezgu umidlari, orzulari va maʼnaviy qadryatlari aks etgan[6].
Ozarbayjon cholgʻu asboblari
tahrirOzarbayjon cholgʻu asboblari — Ozarbayjonda, birinchi navbatda, xalq cholgʻulari ansamblida qoʻllaniladigan cholgʻu asboblaridir.
Ozarbayjon baxshichilik musiqasi
tahrirBaxshichilik musiqasi — anʼanaviy Ozarbayjon musiqiy madaniyatining qadimiy sohalaridan biri hisoblangan baxshichilik (aşıq sanʼati)ning tarkibiy qismidir. Baxshichilik sanʼatida musiqa, sheʼriyat, raqs, pantomima, teatr sanʼati unsurlari uzviy uygʻunlashgan. Uning sheʼriyati bayt, gʻarayli, muxammas, ustodnoma, kifilband janrlaridan tashqari tajnis va jigʻali tajnis turlaridan iborat.
Baxshichilik musiqasining eng keng tarqalgan turlaridan biri soz joʻrligida yakkaxon ijro hisoblanadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida soz chalish asta-sekin mustaqil badiiy ahamiyatga ega boʻldi. 2009-yilda Ozarbayjon baxshi (aşıq)lari ijodi UNESCOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan[7].
Meyxana
tahrirMeyxana (forscha: فیثک یاج) — zarbli cholgʻu asboblari bilan ijro etiladigan metrik musiqiy-poetik janrdagi ozarbayjon musiqa sanʼatining bir qismi. Meyxanada ikki yoki undan ortiq meyxanachi mushoria shaklida basma-basiga musiqiy tarzda aytishuv qiladi. Meyxananing tuzilishi boshqa xalq ogʻzaki ijodi shakllari kabi boy boʻlmasa ham, undagi oʻziga xoslikni zarbli cholgʻularning metroritmik joʻligi va ohang muvofiqligi yuzaga chiqaradi.
Mugʻom
tahrirMugʻom yoki mugʻomot — murakkab gʻoya, hissiy maʼno tashuvchanligi, teran tafakkur hamda badiiy hayajon bilan birga turli musiqiy obrazlarning vujudga kelishini ifodalovchi musiqiy janr. Mugʻom paydo boʻlgan davrlardan beri asrlar davomida taadrijiy rivojlanish va takomillashuv bosqichini bosib oʻtib, maʼlum bir qolip va mezonlarga tushgan hamda mukammallashgan[8].
Ozarbayjonda, odatda, mugʻomni xonanda mugʻom uchligi (triosi) tarkibida ijro qiladi. Bu ansamblning musiqa ijro etuvchi vokal instrumenti mugʻom dastgohi deyiladi. Dastgoh mugʻomning toʻliq, yaʼni, kirish qismi, avj va oʻrta pardalarini qamrab oluvchi, uning mayda ohanglariga qadar hisobga olib ishlanadigan birligi demakdir. Mugʻom kompozitsiyasiga oid usullar asarning musiqiy-poetik mazmunini muayyan shaklga keltiruvchi improvizatsiya qilingan vokal ohanglardan iborat. Ular aniq ritmli qoʻshiq va raqs parchalari bilan qorishiq holda ijro etiladi[9].
Mug‘omlarning monumental, silsilaviy shakllari mayda detallarning butunlay sayqallanishi oqibatida kuyning ifoda imkoniyatlarini aks ettirishdagi serqirraligi bilan ajralib turadi. Vokal-instrumental mugʻomdan farqli oʻlaroq, u koʻpincha raqs epizodlari bilan ijro etilmaydi. Mug‘om ijrosi cholgʻuni mukammal chala olishdan tashqari, butun kompozitsiyaning tuzilishi qonuniyatini va bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oʻtish mantigʻini yaxshi bilishni talab qiladi. 2008-yilda Ozarbayjon mugʻomlari UNESCOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan[9].
Zamonaviy musiqa sanʼati
tahrirOzarbayjon pop musiqasi
tahrirOzarbayjon pop musiqasi — pop musiqasining Ozarbayjonda yaratilgan yoʻnalishi. Ozarbayjon pop musiqasining yaratilish tarixi XX asr oʻrtalariga borib taqaladi. Uning ildizi bevosita Ozarbayjon xalq musiqasiga borib taqaladi. 2010-yillarda globallashuv taʼsiri natijasi oʻlaroq elektropop, dans-pop, sinti-pop va elektropop 1980-yillarda paydo boʻlgan raqs, elektronika va pop musiqasining boshqa yoʻnalishlari bilan birga Ozarbayjon pop musiqasiga taʼsir qildi. 2011-yilda Eldar Qasımov va Nigar Camal dueti hisoblanmish „Running Scared“ nomli pop janridagi qoʻshigʻi „Eurovision qoʻshiq tanlovi“ tarixiga Ozarbayjonning birinchi gʻalabasi sifatida kirdi.
Ozarbayjon jazzi
tahrirOzarbayjon jazi — jaz musiqasining tarmoqlaridan biri. 1960-yillarda Vaqif Mustafazadə mugʻomni klassik amerika jaz musiqasi bilan qorishtirib, bu janrni „jaz-mugʻom“ deb atadi. 2000-yillarda Boku xalqaro jazz festivali va Qəbələ Musiqi Festivalı kabi jaz festivallari Ozarbayjon jazi rivojida ijobiy burilish yaratdi.
Ozarbayjon roki
tahrirOzarbayjon roki — rok musiqasining tarmoqlaridan biri. Ozarbayjonda rok janri 1960-yillarda paydo boʻla boshlagan. 1970-yillarda Ozarbayjonda rok musiqasini yaratishda eng muhim rolni „Üç alov“ guruhi va professional guruhlar bilan raqobatlashadigan ikkita guruh — „Eksperiment OK“ va „Aşıqlar“ oʻynadi.
Ozarbayjon hip-hopi
tahrirOzarbayjon hip-hopi yoki ozarbayjon repi hip-hop musiqa janrining bir turi. 1983 yilda Chingiz Mustafoyev dunyoda birinchi marta ozarbayjon tilida " Dünenki kada " rep qoʻshigʻini kuyladi . 1990-yillarning oʻrtalarida ozarbayjon hip-hopi mamlakatda mashhurlikka erishdi.
Elektron raqs musiqasi
tahrirOzarbayjonda, ayniqsa Boku viloyatida koʻplab musiqiy tungi klublar faoliyat yuritadi[10]. Muqobil musiqa sahnasi, asosan, Bokuning ancha ommalashgan yer osti klublari sahnasidan kelib chiqadi[11].
Boshqa janrlar
tahrirOzarbayjon harbiy musiqasi
tahrirOzarbayjon harbiy musiqasi — Ozarbayjonda yaratilgan harbiy musiqa turi. Ozarbayjon harbiy musiqasi, asosan, harbiy qoʻshiq va marshlardan iborat.
Ozarbayjon diniy musiqasi
tahrirOzarbayjon diniy musiqasi — Ozarbayjonda paydo boʻlgan diniy musiqa turi. Ozarbayjon kompozitorlari ijodida ibodat matnlaridan (masalan, „Ave Mariya“) va janrlardan (rekviyem boshqalar) foydalanish Gʻarbda paydo boʻlgan, asosan nasroniylik, shuningdek, qadimgi dinlarning mavzulari va sektalari bilan bogʻliq holat. Sharqda tarqalgan zardushtiylik, darveshlik, so‘fiylik, mavlaviylik, diniy qiroat va islom diniga xos janrlar (namoz matnlari, marsiya, qasidalar va hokazolar) qoʻllanishi natijasida kompozitorlarning oʻziga xos musiqiy uslubi shakllangan. Diniy musiqaning bastakorlar ijodiga taʼsiri deyarli barcha sohalarda — musiqali teatr, vokal-instrumental, xor, simfonik va kamer cholgʻu musiqalarida turlicha namoyon boʻladi.[12].
Galereya
tahrir-
Məşədi Əmirovning ansambli
-
Bülbülcanning ansambli
Manbalar
tahrir- ↑ „MUSİQİ SƏNƏTİNİN İNKİŞAFI TARIXI“. www.azerbaijan.az. www.azerbaijan.az. 2016-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-yanvar.
- ↑ Qarabağlı S. Şərqin 95 yaşlı ilk operası ["Leyli və Məcnun"]. „Musiqi Dünyası“, № 1-2, 2003, s.58-61.
- ↑ Tamaşaçı. Məcnun obrazının traktovkası haqqında. „Ədəbiyyat qəzeti“. № 15, 1939, 17 aprel, s.14.
- ↑ Qubad. Sönməyən şöhrət: („Leyli və Məcnun“ operasının tamaşaya qoyulmasının 60 illiyi münasibəti ilə). 1968.
- ↑ Ələsgərov S. Layiqli töhfə: (Ü.Hacıbəyovun musiqi əsərləri küliyyatının ilk nəşrinin I cildi. „Leyli və Məcnun“ operasının partiturası). „Kommunist“, № 284, 1983. 11 dekabr, s.4.
- ↑ „Milli musiqi tariximiz“. www.ensonxeber.com. www.ensonxeber.com. 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
- ↑ „Aşıq musiqisi“. uzeyirbook.musigi-dunya.az. uzeyirbook.musigi-dunya.az. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 sentyabr 2016.
- ↑ „Muğam - Muğam ensiklopediyası“. mugam.musigi-dunya.az. mugam.musigi-dunya.az. 2018-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 Əhməd, Vüqar. Elmi-filoloji qaynaqlar, ədəbi simalar haqqında düşüncələr, Bakı, 2010. Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
- ↑ „Битва "электроников"“. echo.az. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
- ↑ Huseynova, Aida. Music of Azerbaijan: From Mugham to Opera. Indiana University Press, 2016 — 360-bet. Qaraldi: 11 oktyabr 2016.
- ↑ Kərimova, Rövşanə „DİNİ MUSİQİ VƏ BƏSTƏKAR YARADICILIĞININ QARŞILIQLI TƏSİRİNİN TƏDQİQİ MƏSƏLƏLƏRİ“. www.rastmd.com. www.rastmd.com. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 iyul 2016.