Ozarbayjon choy madaniyati
Ozarbayjon choy madaniyati – ozarbayjonlarning choy ichish usullari, anʼanasi va isteʼmol qilish tarixi. Ozarbayjonda choy ichish odati keng tarqalgan[1], shuningdek, choy mehmondoʻstlik va mehmonlarga hurmat ramzi hisoblanadi[2]. Asosiy taomdan oldin choy berish anʼanaga aylangan. Ozarbayjonlar choy suhbat va tasodifiy muloqotga undaydi, deb hisoblashadi. Ozarbayjon xalqi, asosan, uzun bargli qora choy isteʼmol qilishadi[2]. Bugungi kunda Ozarbayjon Kavkazdagi choy mamlakati sanaladi[3]. 2022-yilda Ozarbayjon va Turkiya choy madaniyati UNESCO Nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʼyxatiga kiritilgan[4].
Ozarbayjonda choy tarqalish tarixi
tahrirHozirgi Ozarbayjon hududida isteʼmol qilinadigan choy bir necha yillar oldin Xitoydan keltirilgan. XIX asrning oxirida tashabbuskor O. M. Novoselov Ozarbayjonning hozirgi Lenkeran tumani hududida tajriba uchun choy daraxti maydonlarini yaratgan. Shunday qilib, 1896-yilda u birinchi marta bu hududda choy koʻchatini ekkan va u yerda 1900-yilga kelib kichik tajriba maydonlari barpo etilgan[5]. Ammo, ular sanoat ishlab chiqarish talablariga javob bermadi, qolaversa, 1920-yilda nobud boʻlgan. Sovet davrida choy ishlab chiqarishning rivojlanishi 1928—1929-yillarda Lenkeran, shuningdek, Zaqatala zonalarida qaytadan choy koʻchatlari ekilishiga olib keladi. 1932—1934-yillardan boshlab sanoat plantatsiya maydonlari barpo etilgan. 1937-yilda ozarbayjon choyining dastlabki qutilari ishlab chiqarilgan[6].
Keyingi yillarda SSSR mahalliy choy – gruzin, krasnodar va ozarbayjon choylarini ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Natijada, 1988-yilga kelib, Ozarbayjonda 38,5 ming tonna tayyor choy (asosan, qora choy) ishlab chiqarilgan. 1983-yil Ozarbayjonda 9,3 ming gektar maydonda choy yetishtirilgan[7].
Biroq, SSSR parchalanib ketishi bilan Ozarbayjonda choy ishlab chiqarish yomonlashib, tanazzulga uchragan. Bundan tashqari, 1990-yillarda Qorabogʻ mojarosi boʻlganligi sabab, 1995-yilga kelib choy ishlab chiqarish hajmi 1,2 ming tonnaga kamaygan[6].
Ozarbayjon bozor munosabatlari rivojlanishi bilan choy ishlab chiqarish sohasi jonlana boshlagan. Bu jarayonga, xususan, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan tuzilgan qoʻshma korxonalar ham oʻz hissasini qoʻshgan. Mamlakatda, asosan, koʻk choy ishlab chiqarilishiga qaramay, shuningdek, Lenkeran tumani hududida koʻproq qora choy (Xitoy tasnifida – „qizil“) ham keng tarqalgan. Misol uchun, Xaftonin navini keltirish mumkin. Ozarbayjon choyi, asosan, mamlakat ichida isteʼmol qiliniladi[6]. Biroq, uni Turkiya, Rossiya (Dogʻiston), Gruziya kabi qoʻshni davlatlarning doʻkonlarida ham uchratishingiz mumkin.
Ozarbayjonnning Lenkeran, Astara, Lerik, Masallı, Zaqatala va Bakalen maʼmuriy tumanlari hozirda asosiy choy bazalari hisoblanadi.
Hozirgi kunda Ozarbayjonda choy yetishtirish boʻyicha, asosan, Lenkeran-Astara iqtisodiy hududi ajralib turadi. Shaki-Zaqatala iqtisodiy hududida bu oʻsish nisbatan sustdir[8].
Manbalar
tahrir- ↑ Г. А. Сергеева. Цахуры: этнокультурный облик в XX веке. — Расы и народы, 2001. — B. 31.
- ↑ 2,0 2,1 Азербайджанская кухня. Шербеты. Чай. Сладости. Печенья. DirectMEDIA. ISBN 9785998937460.
- ↑ В.П. Кобычев. Изменение материальной культуры народов Кавказа за годы Советской власти // под ред. В. К Гарданова. — Хозяйство и материальная культура народов Кавказа в XIX- XX вв: материалы к «Кавказскому историко-этнографическому атласу», 1971. — B. 26.
- ↑ https://ich.unesco.org/en/state/azerbaijan-AZ?info=elements-on-the-lists
- ↑ „В. В. Похлёбкин. Чай, его история, свойства и употребление“. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Владимир Михайлович Семёнов. „Азербайджанский чай“, . Чайные рецепты и чайные секреты. М.: Олма-Пресс, 2002 — 110-bet. ISBN 9785224038268.
- ↑ И. С. Капанадзе, И. Г. Керкадзе. Полиплоидный чай. — журнал «Природа», 1983. — B. 44.
- ↑ Zaur Imrani. V Azerbaydjane rastet potrebnost v chaynoy promishlennosti (Wayback Machine saytida 2014-08-23 sanasida arxivlangan)