Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
tahrirOziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti – Fargʻona shahridagi oliy oʻquv yurtlaridan biri. Asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik hamda oʻrta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlashdan iborat.
![]() | |
Xalqaro nomi |
International Institute of Food Technology and Engineering |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 2023-yil, may |
Rektori | Tojiyev Rustam Rasulovich |
Talabalari | 800 nafardan ortiq |
Bakalavriat | 16 bakalavriat yo'nalishlari mavjud |
Magistratura | 8 ta magistratura yo'nalishlari mavjud |
Manzili |
O’zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati,Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 204-uy. , |
Veb-sayti | veb-sahifasi |
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvar kundagi PQ-22 sonli qaroriga asosan[1][2][3] Ummon sultonligi ishtirokida Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti davlat oliy taʼlim muassasasi ochildi va mustaqil taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Shavkat Miramonivich Mirziyoyev qarori bilan oziq-ovqat sanoati masalalari boʻyicha izlanish olib boradigan 3 ta taʼlim muassasalar tashkil topgan.
- Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
- Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi Capacity Building Center;
- Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qoʻqon oziq-ovqat sanoati va xizmat koʻrsatish texnikumi.
Bu institut maydoni 5 gektarni tashkil qiladi hamda eng zamonaviy uslubda taʼmirlangan va 1 ta oʻquv binosi, 1 ta talabalar turar joyini oʻz ichiga oladi.
Xorijiy universitetlar bilan aloqalar
tahrirOziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir[4].
Bakalavriat yoʻnalishlari
tahrir- Oziq-ovqat texnologiyasi
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti
- Iqtisodiyot:Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti
- Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
2024-2025 yildan
tahrir- Kunduzgi
- Biotexnologiya
- Biznesni boshqarish
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
- Iqtisodiyot
- Logistika
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
- Menejment
- Metrologiya va standartlashtirish
- Oʻsimliklar himoyasi va karantini
- Oziq-ovqat texnologiyasi
- Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
- Turizm va mehmondoʻstlik
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir- Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
- Biznesni boshqarish (Master of Business Administration, MBA)
2024-2025 yildan
- Biotexnologiya
- Biznesni boshqarish
- Iqtisodiyot
- Logistika
- Menejment
- Metrologiya va standartlashtirish
- Oziq-ovqat texnologiyasi
- Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
- Turizm va mehmondoʻstlik
Manbalar
tahrir- ↑ „Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi“. Gazeta.uz.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.01.2023 yildagi PQ-22-son“ (2023-yil 28-yanvar).
- ↑ „OZIQ-OVQAT TEХNOLOGIYASI VA MUHANDISLIGI ХALQARO INSTITUTI TASHKIL ETILADI“. Norma.uz.
- ↑ „Insitut sayti“.