Ozodlik, Tenglik, Birodarlik

Ozodlik, Tenglik, Birodarlik Fransuz Respublikasining va Gaitining milliy-rasmiy shiori. Bu shiorning ilk kelib chiqishi Fransuz Revolyutsiyasiga borin taqaladi. Bu shior turli davrlarda Fransiyaning turli hukumatlari tomonidan ishlatilgan. Shunga qaramasdan Faqatgina XIX-asr ohiriga kelibgina bu shior Uchinchi Respublika tomonidan rasman davlat milli y shiori web e'lon qilindi.

TarixiTahrirlash

 
Fransiya Milliy Administratiya Maktabi binosining kirish qismiga o'yib yozilgan shior.

"Ozodlik, Tenglik, Birodarlik" shiori Fransiya Revolyutsiyasi davomida paydo bo'lib, unga rasmiy shior maqomi berish to'g'risidagi munozaralar Birinchi Respublikaga ados solinishidan oldin, ya'ni 1790-yillarda boshlangan.

Dastlabki kelib chiqish tarixiTahrirlash

Bu shiorning kelib chiqishi haqida fransuz tarixchisi Mona Uzuf shunday deydi "Bu siorning kelib chiqishida juda hem xilma-xil mafkuralar va turli falsifie guruxlarning taʼsiri katta boʻlgan. Uygʻonish davri va XVIII asrga kelib fransuz faylasuflari „Doʻstlik“, „Saxovatpeshalik“, „Samimiylik“, Birdamlik" kabi insoniy mafkuralarni ilgari surishgan. Falsafiy-Birodarlik guruhi boʻlmish Masonlar esa „Tenglik“ soʻziga urgʻu berib uning ahamiyati juda hem kuchli ekanligini taʼkidlashadi, ular uchun „Ozodlik“ albatta „Tenglik“dan kelib chiqadi degan mantiq ustunlik qilgan. „Ozodlik, Tenglik, Birodarlik“ ushbu falsafiy va intelektual guruhlarning mafkuralarini oʻzida mujassam etgan universal shior sifatida asti sekinlik bilan kirib kelgan[1].

Considérations historiographiquesTahrirlash

Mona Uzufning ta'kidlashicha shiorga "Qa'tiylik va Shijoat yetishmagan", yana bir fransuz tarixchisi Alfons Olard esa shiorlarning paydo bo'lishida revolyutsiyadagi bosqichlar katta rol o'ynagan. Revolyutsiyaning dastlabki kunlarida "Ozodlik" so'zi rasmiy ramzga aylangan bo'lsa, 10-avgustdagi Feodallikni bekor qilinishi bilan esa "Tenglik" so'zi va revolyutsiyadan keyingi mamlakatning birlashish jarayonida esa "Birodarlik" iborasi ommalashgan.

Birinchi marta ishlatilishiTahrirlash

Birinchi marta bu shior rasmiy ravishda Maksiimiliyan Robespier tomonidan tomonidan " Milliy gvardiyalarni tashkil qilish haqidagi nutq" (fransuzchada:Discours sur l'organisation des gardes nationales)[2], lekin Robespier bu shiorni hech qachon og'zaki so'zlarida ishlatmagan.

Shior 1793-yilda Parij meriyasining devoriga rasmiy ravshda shunday yozilgan holatda bitiladi: Respublika yagona va bo'linmasdir - Ozodlik, Tenglik, Birodarlik yoki O'lim… Bu keskin qasamiyoddan revolyutsiyaning yakunlanishi bilan asta-sekinlik bilan voz kechiladi, lekin "Ozodlik, Tenglik, Birodarlik" saqlanib qoladi.

Tarixiy bosqichlardaTahrirlash

Shior tarihning keyingi bosqichlarida juda ham koʻp guruhlar tomonidan taʼqiqlangan boʻlsa, boshqa tomondan koʻpchilik guruhlar tomonidan qoʻllab quvvatlangan ham. Napoleon I imperiyasi davrida bu shior qaʼtiy ravishda taʼqiqlandi, keyinchalik Burbonlarning qayta tiklanishi ham bu shiorni ishlatishni man qildi. Faqatgina Iyul Revolyutsiyasining boshlanishi bilan bu shior qaytadan ommabop iboraga aylanadi. Shndan soʻng bu shior bir nechta marotaba har hil revolyutsion oqimlar, sotsialistlar, communistlar va demokratlar tomonidan ishlatilgan.

Lekin Birinchi fransuz imperiyasi va [Iyul Revolyutsiyasi|Iyul Revolyutsiyalari]] davridagi ommaviy repressiyalar „Ozodlik, Tenglik, Birodarlik“ shiorining falsafasini amalda qoʻllanilishini gumon ostiga qoʻyadi.

Faqatgina 1880-yilga kelibgina bu shior Fransiyaning barcha jamoatchilik tashkilotlari jabhalarining shioriga aylandi va Uchinchi Respublika tomonidan rasmiy ravishda mamlakatning milliy shiori deb qabul qilinadi.[3].

Vishi Rejimi davrida shior „Mehnat, Oila, Vatan“ shiori bilan almashtiriladi, Ozod Fransiya hududida esa „Ozodlik, Tenglik, Birodarlik“ shiori siyosiy sabablarga koʻra 1 yil davomida ishlatilmaydi va 1941-yilda yangidan milliy shior sifatida foydalaniladi

XX-asrning o'rtalarida shior Fransuz Respublikasining 1946-yildagi konstitutsiyasiga milliy shior sifatida bitiladi. Shu kundan e'tiboran "Ozodlik, Tengik, Birodarlik" shiori Fransiyaning milliy shiori sifatida tarixga bitiladi.

Boshqa qoʻllanishlariTahrirlash

Gaiti Respublikasi 1987-yildagi konstitutsiyasining 4 moddasi „Ozodlik, Tenglik, Birodarlik“ shiori rasmiy ravishda milliy shior qilib qabul qilinishi haqidadir[4].

Erkin dastur ta`minoti harakati faoli Richard Stallman bu harakatning asosiy poydevori shu shiorga asoslanganligini aytadi: Men sizga Erkin dastur ta`minotini uchta soʻz bilan tushuntirib beraman: Ozodlik, Tenglik, Birodarlik, chunki foydalanuvchilar erkindirlar, Tenglik, chunki ularning hammasi bir hil erkinlikka egadir, Birodarlik, chunki biz ularni guruhlarga birlashib birdam boʻlishlarini qoʻllab quvvatlaymiz[5].

BibliografiyaTahrirlash

  • Borgetto, Michel. La Devise : « Liberté, Égalité, Fraternité ». Paris : PUF, 1997, 128 s. (Que sais-je ; n° 3196). ISBN 2-13-048355-0
  • David, Marcel. Le Peuple, les droits de l'homme et la république démocratique. Paris : l'Harmattan, 2002, 275 p. ISBN 2-74754274-2
  • Andoza:Ouvrage

ManbalarTahrirlash

  1. Mona Uzuf, „Ozodlik, tenglik, birodarlik“ (fransuzchada" Liberté, égalité, fraternité "), asari.
  2. " Milliy gvardiyalarni tashkil qilish haqidagi nutq" (fransuzchada:Discours sur l'organisation des gardes nationales)p. 429, note 1.
  3. Adolat, Ozodlik, Tenglik, Birodarlik, Yevropa demokratiyasining qanday qadriyatlar poydevoriga qurilgan? (Olga Inkova rahbarligida), Jeneva Universitetining Yevropa Instituti.
  4. Gaiti Respublikasining 1987-yil 29-martda qabul qilingan Konstitutsiyasi
  5. Richard Stallman, « Liberté, égalité, fraternité », entretien dans Programmez!