Ozuqa birligi – mollarga yediriladigan yem-xashak toʻyimliligini bel-gilovchi oʻlchov birligi. Ozuqa birligining 1 kg quruq suli toʻyimligiga teng qilib olingan. Boshqa yem-xashaklar toʻyimliligi shunga taqqoslab baqolanadi. Masalan, 1 kg quruqbeda 0,5; arpa 1,15; 1 kg makkajoʻxori 1,4 Ozuqa birligiga teng. Krramollarda yogʻ toʻplanishiga qarab belgilanadigan bir Ozuqa birligi toʻyimliligi 150 g ichki yogʻ toʻplanishiga yoki 1414 kkal ga teng. Yemxashak toʻyimliligi baholanayotganda Ozuqa birligidan tashqari, uning tarkibidagi hazm boʻladigan protein, kalsiy, fosfor, karotin hamda vitaminlar ham nazorat qilinadi. Amalda yem-xashak toʻyimliligi koʻrsatilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ozuqa tarkibidagi hazm boʻladigan oziq moddalarga karab baxrlanadi (yana qarang Yemxashak toʻpimliligi).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil