Pachkamar suv ombori - Qashqadaryoning kam suvli chap irmogʻi — Gʻuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. Gʻuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylashgan. Kattaoʻra va Kichikoʻra daryolaridan toʻldiriladi. Qurilish ishlari 1964-yilda boshlanib, 1967-yilda foydalanishga topshirilgan, 1968-yil toʻliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uz. 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi maydoni 12,8 km², eng katta (maksimal) chuq. 51m, oʻrtacha chuq. 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman koʻp yillik suv rejimini tartibga soladi. Toʻgʻonning ustki uz. 593 m, balandligi 68 m. Suv omborining oʻng qirgʻogʻida uz. 198 m va maksimal balandligi 12 m boʻlgan koʻtarma damba qurilgan. Omborning oʻng sohilida suv sarfi 30 m³/s boʻlgan suv chiqargich qurilgan. Suv chiqargichning quyi qismiga 2 ta konussimon rostlagich oʻrnatilgan. Toʻgʻonning chap tomo-nida suv sarfi 260 m³/s (favqulodda toshqinlarda suv sarfi 480 m³/s) boʻlgan suv tashlagich — Chap sohil kanali ochiq holda qurilgan.

Suv omborining qurilishi Gʻuzor tumanining suv taʼminotini yaxshilashda va uning iktisodiyotida muhim rol oʻynay-di, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini berdi. Pachkamar suv omborioda baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan. PASHMAK — shirinlik turi. Oʻrta Osiyoda qadimdan mashhur. P. uchun sha-kar, sirka essensiyasi, oliy nav bugʻ-doy uni va qoʻy yogʻi ishlatiladi. Tayyorlash usuli: qozonga shakar va suv soli-nadi (suv miqdori shakar miqdoriga nisbatan 30—40% kam). Qozon toʻxtov-siz qaynatiladi. Qaynatish (sirka essensiyasi qoʻshilib) namlik 1,5 —1,7% qolguniga qadar davom ettiriladi, soʻngra qoʻy yogʻi qoʻshiladi. Tayyor qan-dolat massasini unga belab, qoʻl bilan tola-tola boʻlguncha choʻzib ishlov beriladi. Tolalar toʻpga yigʻilib, max-sus oʻlchovda kesiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil