Padma Bandopadhyay

Padma Bandopadhyay 2012-yilda.
Asl ismi Padmavathy Swaminathan
Taxallus(lar)i Padma
Tavalludi 1944-yil 4-noyabr
Tirupati, Andhra-Pradesh, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Qoʻshin turlari Hindiston havo kuchlari
Xizmatdagi yillari 1968-2005
Unvoni Havo marshali
Qoʻmondonlik qilgan DGMS(Havo)
Mukofotlari PVSM, AVSM, VSM, Padma Shri
Bilimi Qurolli kuchlar tibbiyot kolleji, Pune
Turmush oʻrtogi Sati Nath Bandopadhyay (1968-2015) vafot etgan.
Bolalari 2

Havo marshali Padma Bandopadhyay, PVSM, AVSM, VSM, PHS (1944-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — Hindiston harbiy-havo kuchlarining sobiq jarrohi. U Hindiston havo kuchlarida havo marshali unvoniga koʻtarilgan birinchi ayol. Padma Hindiston Qurolli Kuchlarida jarroh vitse-admiral Punita Aroradan keyin uch yulduzli unvonga koʻtarilgan ikkinchi ayoldir.

Yoshligi tahrir

Bandopadxyay 1944-yil 4-noyabrda Padmavati Svaminatan ismi bilan Andxra-Pradesh shtatining Tirupati shahrida tamil tilida so‘zlashuvchi Iyer oilasida tug‘ilgan. Padma to‘rt-besh yoshga to‘lganda, onasi sil kasalligiga chalingan va oxir-oqibat to‘shakka mixlanib qolgan. Shu sababli, tibbiy muammolar Padma juda yoshligidanoq uning ongini egallay boshladi. U goʻdaklik chogʻlaridan onasining asosiy gʻamxoʻriga aylandi. Bundan tashqari, uning Nyu-Dehlidagi Gole Market mahallasidagi qoʻshnisi Lady Hardinge tibbiyot kollejining tibbiyot professori doktor SI Padmavati edi. Padmaning aytishicha, onasining kasalligi va Safdarjung kasalxonasida kasalxonaga yotqizilgani va u bilan bir xil ismli qoʻshni shifokor ayolning borligi shifokor boʻlishga dastlabki turtki boʻlgan[1].

Taʼlimi tahrir

U Dehli Tamil Taʼlim Assotsiatsiyasining yuqori oʻrta maktablarida gumanitar fanlar oqimida oʻqigan. Maktabni tugatgach, Padma Dehli universitetida gumanitar fanlardan taʼlim olgan. U Kirori Mal kollejida tibbiyot uruhida oʻqigan va keyin 1963-yilda Pune shahridagi Qurolli Kuchlar tibbiyot kollejiga qoʻshilgan.

Faoliyati tahrir

Padma 1968-yilda Hindiston havo kuchlariga qo‘shilgan. U havo kuchlarining qoʻmondoni S.N. Bandopadhyayga turmushga chiqdi[2]. U 1971-yilgi Hind-Pokiston urushi davridagi olib borgan harakatlari uchun Vishisht Seva medali (VSM)[3] bilan taqdirlangan. Sati Nath va Padma xuddi shu investitsiya paradida Prezident mukofotini olgan birinchi IAF juftligi edi[4].

U Hindiston Aerokosmik Tibbiyot Jamiyatining aʼzosi boʻlgan birinchi ayol va Shimoliy qutbda ilmiy tadqiqot olib borgan birinchi hind ayoli edi[5]. Padma, shuningdek, 1978-yilda Mudofaa xizmati xodimlari kolleji kursini tamomlagan birinchi ayol Qurolli Kuchlar zobitidir[6]. U Havo shtab-kvartirasida tibbiy xizmatlar (havo) bosh direktori boʻlgan[7]. 2002-yilda u havo vitse-marshali (ikki yulduzli daraja) lavozimiga koʻtarilgan birinchi ayol boʻldi. Keyinchalik u Hindiston havo kuchlarining birinchi ayol havo marshali boʻlgan. Bandopadhyay aviatsiya tibbiyoti mutaxassisi va Nyu-York Fanlar akademiyasining aʼzosi[8].

Harbiy mukofotlar va ordenlari tahrir

Ati Vishisht Seva medali Vishisht Seva medali Paschimi yulduzi
Sangram medali Operatsiya Vijay medali Yuqori darajadagi xizmatlari uchun medal Mustaqillikning 50 yilligi medali
Mustaqillikning 25 yilligi medali 30 yillik xizmatlari uchun medali 20 yillik xizmatlari uchun medali 9 yillik xizmatlari uchun medali

Mukofot va unvonlar tahrir

  • Vishist Seva medali, 1973-yil yanvar
  • Indira Priyadarshini mukofoti
  • Ati Vishist Seva medali, 2002-yil yanvar
  • Param Vishist Seva medali, 2006-yil yanvar
  • Padma Shri mukofoti, 2020-yil yanvar[9]

Manbalar tahrir