Bosh menuni ochish

Pahlavon mahmud, Puryoyvaliy, Qitoli (1247, — 1326, Xiva) — shoir va mutafakkir. Futuvvat-juvonmardlik guruhining ulug peshvolaridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Postindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga ko'ra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xapyomdan so'ng faqat ruboiy yozgan shoir P.M.dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi bo'lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. P. M. shahar hunarmand kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-asrlar) tashkilotchisi, ma'naviy rahnamosi bo'lgan. Ko'pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shavqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta'limotining nazariy g'oyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o'zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko'ra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. P. M. moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularda "yor", "do'st", "ma'shuqa", "jonona" kabi so'zlar turli manolarda, so'fiyona she'rlarida "xudo" manosida keladi. P.M.ga nisbat beriladigan "Hazrati Paxlavon ruboiylari"ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

"Qomus ul-aʼlom" (Sh. Somibek) va "Otashkadai Ozariy" (L. Alibek) va "Haft-iqlim" (A. Roziy) nomli asarlarda xabar berilishicha, P. M. "Kanz ul-haqoyiq", ("Haqiqatlar xa-zinasi", 1303—04) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qoʻlyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida maʼlumotlar bor. Uning vasiyatiga koʻra, jasa-di oʻzining poʻstindoʻzlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari Toʻxtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

ManbalarTahrirlash

  • Kim agar ozoddur [Ruboiylar], T., 1992.