Yovmutlar (turkm. Ýomutlar) – turkmanlarning yirik etnografik guruhlaridan biri. Tarqalgan hududlari Turkmanistonning Bolqon viloyatining janubiy qismi, Atrek daryosi yaqinida va Eronning unga tutash hududlarida, Atrek va Gorgan oʻrtasida, shuningdek shimolda, Toshhovuz viloyatida joylashgan. Katta ehtimol bilan yomutlar alayontli etnografik guruhidan kelib chiqqan[1]. Yovmut turkmanlari oʻtroq, yarim koʻchmanchi va koʻchmanchi turlarga boʻlinadi va yarim koʻchmanchi yovmutlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Oʻtroq yovmutlar Chikishli va Esenguli qishloqlarida, yarim koʻchmanchilar yozda Atrekning quyi oqimidagai katta qishloqlarda yashagan, qishda esa kichik guruhlarga boʻlinib, tevarak-atrofda kezib yurgan. Koʻchmanchi yovmut turkmanlari odatda kuz va qishda Atrekdan oʻtib Eronga borishadi[2].

Yovmutlar
Umumiy aholi soni

aniq emas

Katta aholiga ega mintaqalar
Turkmaniston
Eron
O'zbekiston
Tillar

turkman,

(eroncha ikkinchi til sifatida)
Dinlar
Islom dini — sunniy, hanafiy
Qarindosh etnik guruhlar
o'guz turklari, eroniylar
Turkmaniston gerbi

Turkmaniston Davlat gerbining qizil doirali halqasida soat yoʻnalishi boʻyicha beshta asosiy etnografik guruhlarning ramzi tasvirlangan: Axal-Teke, Salir, Ersari, Chovdur, Yovmut. Bu esa turkman xalqlarining doʻstligi va birligi ramzini bildiradi. Yovmutlar 19—20-asrlarning boshida Xorazm, Shim. va Gʻarbiy Turkmanistonda, Eronning Astrobod viloyatida yashagan[3]. Ular bir kancha tira – boʻgʻin (otli temir, qutli temir) larga, tiralar urugʻlarga boʻlingan. Urugʻlardan eng yiriklari; qora chaqa, bayramshali, sharifjafarbayli, otabayli; kichiklari: sallax, okuz, oʻrsukchi, ushak, gujak va boshqalar. 19-asrning oxirlarida Rossiya bilan Eron oʻrtasida chegara belgilanganda Yo.larning bir qismi Rossiya bosib olgan joylarda, bir qismi Eron hududida qolib ketdi. Eron hududida yashaydigan Yovmutlar orasida tiraurugʻlarga boʻlinish saqlanib kelayotgan boʻlsa, Turkmanistonning (Toshhovuz viloyati)dagi Yovmutlar turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.[4]

Turkmaniston gerbidagi Yomut qabilasining ramzi

1740-yilda eronlik Nodirshoh Xiva hukmdori Elbarsxonga maktub yoʻllab, undan kechirim soʻrashni talab qilgan. Nodirshohning elchilari maktub bilan yovmut turkmanlari, (boshqa) turkmanlar, qozoqlar va oʻzbeklardan iborat 20 ming otliq boshchiligida Elbarsxon qarorgohiga yetib kelishgan. Maktubda shunday deyilgan edi: „Yovmut qabilasi turkmanlari bilan bir necha marta talonchilik maqsadida Mashhadning chekka hududlariga yurish qildingiz va har safar magʻlub boʻlib Xivaga qaytdingiz. Tinchlikni yaxshi koʻrishimga qaramay, tungi bosqinni uyushtirish uchun Yovmut qabilalaridan uch ming kishi Chardjuyga keldi. Bundan xabar topgan qoʻshinlarim ularni bir zarba bilan yoʻq qildilar va ularni Katta Ayiq yulduzlaridek sochdilar. Ularning koʻpchiligi oʻldirildi va asirga olindi va mingga yaqini qoʻyib yuborildi. Bu voqea Nodirshohning gʻazabiga sabab boʻldi“[5].

Manbalar tahrir

  1. Iomudskaya poroda // Iva – Italiki. – M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1972.
  2. Turkmeni // Tixoxodki – Ulyanovo. – M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1977.
  3. „МИР АБДУЛЬ-КЕРИМ БУХАРСКИЙ ИСТОРИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ.“.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. „МИР АБДУЛЬ-КЕРИМ БУХАРСКИЙ ИСТОРИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ.“.