Paladin (soʻnggi lot. palatinus — saroy mulozimi) — oʻrta asr Gʻarbiy Yevropa adabiyotida Buyuk Karl safdoshlarining atalishi. Keyinchalik oʻz hukmdori yoxud xonimiga sodiq boʻlgan jasur ritsarlarni P. deb atay boshlaganlar. Majoziy maʼnoda — qandaydir gʻoya, ish, shaxsga cheksiz sadoqatli boʻlgan kishi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil