Palatin (Mons Palatinus yoki Palatium) — Qad. Rim bunyod etilgan tepaliklardan biri. 2 choʻqqisi bor — Palatin va Germal. Temir davri boshidan bu yerda odamlar yashagan; "Kvadrat Rim" deb atalmish devor (miloddan avvalgi 8-asr) harobalari saqlangan; u rivoyatga koʻra, Romul tomonidan qurilgan. P.da Yupiter Viktor (miloddan avvalgi 295 yil qurilgan), Yupiter Stator (miloddan avvalgi 294), Viktoriya (miloddan avvalgi 294) ibodatxonalari va boshqa, shuningdek, respublika davrida — badavlat patritsiylar uylari saqlangan. Imperatorlar davrida P. imperatorlar saroylarining ulkan ansambliga aylangan ("Palatsiy Avgust", Tiberiy, Flaviylar va Septimiy Sever saroylari). Oʻrta asrlarda P. tosh koni boʻlib xizmat qilgan. P.dagi muntazam qazishma ishlari 19-asr oxiridan boshlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil