Paleoekologiya (paleo - qadimgi va ekos- uy,joy logos -taʼlimot) — paleontologiya fanining boʻlimi. Koʻhna geologik davrlarda yashagan hayvonot va oʻsimliklarning oʻsha vaqtdagi yashash muhiti (iqlim va geologik omillar) bilan oʻzaro munosabatini, qirilib ketgan jonzotlarning hayoti va yashash sharoitlarini oʻrganadi. P. choʻkindi yotqiziqlarini fatsial taxlil qilishda muhim hisoblanib, ularning litologik tarkibi bilan uzviy bogʻliqdir. P.ning rivojlanishiga rus olimi, paleontolog V. O. Kovalevskiy, belgiyalik olim L. Dollo va avstriyalik O. Abel katta hissa qoʻshgan. Qad. organizmlar yashash sharoitini oʻrganishda, asosan, ularning skelet qoldiqlarini oʻrganish (morfofunksional analiz) usuli qoʻllanadi. Qad. hayvonlar yashagan sharoitlarini oʻrganib, P. paleontologiya hamda geologiya uchun baʼzi foydali qazilmalar paydo boʻlishi sharoitlarini aniqlash va oʻxshash sharoitlarda hosil boʻlgan turli foydali qazilmalar konini bashorat etishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil