Paleotropik oblast
Paleotropik oblast, Paleotropik oʻsimliklar dunyosi — Yer sharidagi asosiy botanik-geografik boʻlinmalardan biri. Eski Dunyo materik qismining (Avstraliyadan tashqari) tropik iqlimli joylari-ni, shuningdek, Hind va Tinch okeanlardagi o.ni oʻz ichiga olgan. Baʼzan Paleotropik oblastga Jan.-Gʻarbiy Afrikaning subtropik qismini hamda Yangi Zelandiya va unga yondosh orollarni (Yangi Zelandiya kichik oblasti) kiritiladi. Paleotropik oblast shim.dan Golarktika oblasti bilan chegaralangan.
Paleotropik oblast oʻsimlikka boy. Oblastning ayrim qismlari suv havzalari orqali ajralganligi, iqlim sharoitlarining turli-tumanligi, tarixiy taraqqiyotining mu-rakkabligi natijasida oʻsimliklari kuchli ixtisoslashgan. Flora tarkibida umumtropik oʻsimlik oilalaridan palmadoshlar, tutdoshlar, sutlamadoshlar, togʻbekadoshlar (marinadoshlar) va boshqa koʻp uchraydi. Bu oilalardan anchagina qismini maxsus paleotropik turkumlar tashkil etadi. Kosmopolit oʻsimlik oilalaridan bugʻdoydoshlar (boshokdoshlar), hiloldoshlar, burchoqdoshlar koʻp. Paleotropik oblast uchun dipterokarplar, pandauslar, ne-penteslar, endemik oilalar va boshqa harakterlidir. Paleotropik oblastda sernam tropik mussonli va savanna oʻrmonlari, mangra chakalakzorlari, choʻl oʻsimliklari va boshqa keng tarkalgan.
Paleotropik oblastni kichik oblastlarga boʻlishning koʻpchilik tomonidan qabul qilingan yagona prinsipi yoʻq. Baʼzilar Paleotropik oblastni ikki kichik oblastga — Maleziya va Hindiston-Afrika, baʼzan 10—15 kichik oblastga boʻladilar. Endemik oʻsimliklar, ayniqsa, Gavayi, Yangi Zelandiya, Madagaskar orollari kabi kichik oblastlarda koʻproq uchraydi (yana qarang Flora oblastlari).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |