Paleovulkanologiya (paleo... va vulkanologiya) — oʻtmish geologik davrlar vulkanik jarayonlarini oʻrganadigan fan, geologiyaning tarmogʻi. Qad. vulkanlar hosil qilgan qurilmalar (lava, piroklast), ularni tarkibi va joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi. Qad. vulkanlar haqida maʼlumot antik davr olimlaridan Pifagor, Strabon va oʻrta asrlarda Majioli, Guk va boshqalarning asarlarida uchraydi. Qad. vulkanlarning tuzilishini urganishda strukturaviy, fatsial tahlil usullari qoʻllanadi. Qad. vulkanik jinslar tarkibi zamonaviy optik, kimyoviy va boshqa usullar yordamida aniklanadi. P. izlanishlar koʻp amaliy muammolarni hal qilishda muhim omil boʻladi, mas, mis, oltin, kumush va boshqa foydali qazilmalarni izlashda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil